BOBO
BOBO, buva — 1) otaning va onaning otasi; 2) turkiy xalqlar o’zidan oldingi yetti pusht (nael) shajarasini bilishi shart bo’lgan. Shu yetti pushtning birinchisi katta Bobo deyilgan; 3) hozir qarindosh bo’lmagan yoshi ulug’keksa kishilarga murojaat qilganda ham hurmat yuzasidan Bobo so’zi ishlatiladi; 4) aziz-avliyolar nomiga qo’shib ishlatiladi: masalan, Shayx Zayniddin bobo va boshqalar; 5) Buxoroning katta dahalaridagi bosh mirshab unvoni.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz