BOBIYLIK
BOBIYLIK — 19-asrning 1050-yillarida Eronda shialik ichida vujudga kelgan diniy harakat. Asoschisi — Bob. Yer egalari, shoh zulmiga qarshi qaratilgan yirik xalq qo’zg’olonlari Bobiylik bayrog’i ostida ko’tarilgan. Bob “Bayon” kitobida o’zini Muhammad (sav) o’rniga kelgan payg’ambar, o’z kitobini esa Qur’on va shariat asosining o’rnini olishi kerak deb e’lon qildi. Bobiylar shaxsni himoya qilish, kambag’allardan olinadigan soliqlarni bekor qilish, yirik yer egalarining xususiy mulkini tugatish, barcha molmulkni teng taqsimlashni talab qildi. Mavjud din va davlat tizimini ag’darib tashlashni targ’ib qildi. Bobiylar ta’qib etildi, ularning qo’zg’olonlari shafqatsiz bostirildi. Qutulib qolganlari yashirin holatga o’tishdi yoki mamlakatni tark etishdi; ular orasida yangi oqimlar, jumladan bahoiylik vujudga keldi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz