BOBISHMULLA



BOBISHMULLA — sak qabilalaridan apasiaklarga oid qal’a va qabr xarobalari (miloddan avvalgi 4-2-asrlar). Qadimgi Xorazm vohasidagi Janadaryo bo’yida joylashgan. Bobishmullada arxeolog S. P. Tolstoye qazish ishlari olib borgan (1946). To’g’ri to’rtburchak tarhli qal’a Burjlar bilan mustahkamlanib, shinakli mudofaa devorlari bilan o’ralgan. Markazida kata bino va burchak qismida bosh minora bo’lgan. Bularning barchasi xom g’isht (39x39x11 va 40x40x11 santimetr)dan qurilgan. Qazishmalarda tegirmon toshlari, hayvon suyaklari, sopol idishlar, ko’plab oltin taqinchoqlar topilgan. Odam jasadlari maxsus taxta supalar ustiga qo’yilgan.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz