Bobirjon Omonov
Bobirjon Zoirjon oʻgʻli Omonov (tugʻ. 2000-yil 11-oktyabr, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbek atletikachisi-paralimpiyachi, yadro uloqtirish boʻyicha F41 toifasida ixtisoslashgan. Para-Osiyo oʻyinlari gʻolibi, Jahon chempioni, Paralimpiya chempioni.
Faoliyati
2016-yildan murabbiy Mavlon Haydarov rahbarligida paralimpiya sporti bilan shugʻullana boshladi. 2017-yildan boshlab u xalqaro musobaqalarda qatnasha boshladi. 2018-yilda Jakartada (Indoneziya) boʻlib oʻtgan Yozgi Para-Osiyo oʻyinlarida gʻolib boʻldi. 2019-yilda Dubayda (BAA) oʻtkazilgan Yengil atletika boʻyicha Jahon chempionatida (HPK) yadro uloqtirishda 14,31 metr natija bilan oltin medal va Tokiodagi Paralimpiya oʻyinlariga litsenziyani qoʻlga kiritdi.
2021-yilda boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida F41 toifasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish boʻyicha oltin medalni qoʻlga kiritdi, Boburjon Omonov 14,06 metr natija bilan Paralimpiya rekordini yangiladi. Oʻsha yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Omonovni Oʻzbekiston iftixori faxriy unvoni bilan.
Manbalar
uz.wikipedia.org