BOBINA



BOBINA (Fransuzcha bobine — g’altak) — 1) to’qimachilikda ip, tola o’ralgan gardishsiz g’altak; tsilindr yoki konus shaklida bo’ladi; 2) ichki yonuv dvigateli va b. qurilmalar uchun akkumulyatorlar batareyasidan o’t oldirish g’altagi. Akkumulyatorning past (6-12 V) kuchlanishli o’zgarmas tokini yuqori (10— 30 kv) kuchlanishli tokka aylantirib beradi. U o’zak hamda birlamchi va ikkilamchi chulg’amlardan iborat. Induktsion g’altak deb ham ataladi; 3) hisoblash texnikasida, tovush yozib olish qurilmalarida — magnit lenta o’raladigan g’altak; 4) kinoapparatlarda — kinolenta o’raladigan g’altak.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz