Bobby Vinton




Stenli Robert „Bobby“ Vinton (1935-yil 16-aprelda tugʻilgan) — amerikalik sobiq qoʻshiqchi va vaqti-vaqti bilan aktyor boʻlib, u 1970-yillarning oxirida oʻzining telekoʻrsatuviga asos solgan. Oʻsmirlik davrida u „Polsha shahzodasi“ sifatida tanildi, chunki uning musiqasi Polsha merosiga hurmat koʻrsatdi. Uning eng mashhur qoʻshiqlaridan biri bu „Blue Velvet“ (1951-yilda Tony Bennett tomonidan yozilgan qoʻshiqning koveri) 1963-yilda Billboard Hot 100 roʻyxatida 1-oʻrinni, Kanadada 1-oʻrinni (5 hafta) va 1990-yilda Buyuk Britaniyada 2-oʻrinni egallagan.

Yoshligi



Vinton Pensilvaniya shtatining Kanonsburg shahrida tugʻilgan. Ota-onasi mashhur musiqiy guruh rahbari Sten Vinton va Doroti Studzinski Vintonn. Familyasi dastlab Vintula boʻgan va otasi Vintonga oʻzgartirgan. Vintonning ota-onasi o'g'li klarnetda mashq qilganidan keyin har kuni ragʻbat oʻlaroq 25 sent berishardi va shu tariqa uning musiqaga qiziqishini orttirishardi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz