Bob ul-mandab bo`g`ozi
Bob ul-mandab boʻgʻozi (arab Motam darvozasi) — Arabiston ya. o. ning jan.gʻarbiy chekkasi bilan Afrika oraligʻidagi tor boʻgʻoz. Qizil dengizni Adan qoʻltigʻi va Arabiston dengizi bilan qoʻshib turadi. Eng tor joyining eni 26,5 km. Kema qatnaydigan qismi (farvateri)ning eng sayoz joyi 31 m. Uz. 109 km. B.ulM.B.da bir necha orol bor (eng kattasi Perim o.). B.ulM.B. katta iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Boʻgʻoz orqali Yevropadan Sharqiy va Jan. Osiyoga va Avstraliyaga boriladi.
Adabiyotlar
uz.wikipedia.org