BOB UL-MANDAB BO’G’OZI



BOB UL-MANDAB BO’G’OZI (Arab Motam darvozasi) — Arabiston yarim orolining Janubiy g’arbiy chekkasi bilan Afrika oralig’idagi tor bo’g’oz. Qizil dengizni Adan qo’ltig’i va Arabiston dengizi bilan qo’shib turadi. Eng tor joyining eni 26,5 kilometr. Kema qatnaydigan qismi (farvateri)ning eng sayoz joyi 31 metr. Uzunligi 109 kilometr. Bob ul-mandab bo’g’ozida bir necha Orol bor (eng kattasi perim oroli). Bob ul-mandab bo’g’ozi katta iqtisodiy va strategik ahamiyatga ega. Bo’g’oz orqali Yevropadan Sharqiy va Janubiy Osiyoga va Avstraliyaga boriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz