Bob Houghton




Robert Douglas Houghton (inglizcha: Robert Douglas Houghton)-ingliz futbol murabbiyi.1947-yil 13-oktyabr Angliyada tavallud topgan.30 yildan ortiq murabbiylik faoliyati davomida u 10 ta davlatdagi jamoalar bilan ishlagan.2006-yildan 2011-yilgacha u Hindiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimida ishlagan.

Murabbiylik faoliyati



Dastlabki yillar



Qisqa futbolchilik faoliyati davomida Houghton Angliyaning „Fulxem“ (1966-1969) va „Brayton va Xouv Albion“ (1969-1970) klublarida yarim himoyachi sifatida o‘ynagan. Houghton 21 yoshida A toifali murabbiylik litsenziyasini qoʻlga kiritib, ingliz futbolidagi eng yosh menejerlardan biriga aylandi.1970-yilda u „Hastings Yunayted“ning oʻyinchi-menejeri boʻldi va 1971-yilda xuddi shu lavozimda Angliyaning quyi professional ligasida oʻynagan „Meydstoun Yunayted“ni boshqardi.Houghtonning bu jamoadagi yordamchisi uning yaqin doʻsti va kelajakda ham muvaffaqiyatli murabbiy Roy Xojson edi.U ham murabbiy va futbolchi vazifalarini birlashtirgan.1972-yilda Houghton „Ipsvich“da Bobbi Robsonning yordamchi murabbiyi boʻlib ishladi.Keyingi yili u Janubiy Afrikaning „Arkadi“ jamoasida ishladi.Bu jamoa bilan milliy chempionatda toʻrtinchi oʻrinni egalladi va ikkita kubok turnirining yarim finaliga chiqdi.

Malmö



1974-yilda Houghton Shvetsiyaning yuqori divizioni „Malmyo“ klubini boshqarishga taklif qilindi.Uning kelishi bilan bu hududda ham, milliy musobaqalarda ham,Yevropa arenasida ham misli koʻrilmagan yuksaklikka erishdi. Houghton „Malmyo“ bilan birgalikda bir necha bor chempionlik va Shvetsiya kubogini qoʻlga kiritdi.1979-yilda asosiy Yevropa klublari musobaqasi finaliga chiqdi- Yevropa chempionlar kubogi finalida Shvetsiya klubi Angliyaning „Nottingem Forest“ klubiga 0:1 hisobida magʻlub boʻldi.Bu yutuq hamon Shvetsiya klublari futboli tarixidagi eng yaxshisi hisoblanadi.Xuddi shu 1979-yilda „Nottingem Forest“ rad javobini berganidan soʻng „Malmyo“ Qitʼalararo kubok uchun oʻyinlarda ishtirok etdi.U yerda ikkita oʻyin natijasiga koʻra, ular Paragvayning Asunsion shahri jamoasi „Olimpiya“ga magʻlub boʻlishdi.O‘sha davrda Shvetsiyaning „Xalmstad“ klubiga ustozlik qilgan Roy Xojson bilan bir qatorda Bob Houghton ham Shvetsiya futbolini o‘zgartirgan. Unga zamonaviyroq elementlarni kiritgan.Kelajakdagi g‘alabalarga poydevor qo‘ygan ingliz mutaxassislaridan biri sanaladi.

1980-90-yillar



Gretsiyaning Pireyda joylashgan „Etnikos“ klubi bilan qisqa vaqt oʻtkazgandan soʻng,Houghton Angliyaga qaytib keldi va u yerda 1980-yilda ikkinchi divizion vakili „Bristol Siti“ jamoasini qabul qildi.Biroq uning bu yerda qolishi klubning moliyaviy muammolari davom etayotganiga to‘g‘ri keldi va bu oxir-oqibat uning ketma-ket uchinchi keyin esa to‘rtinchi divizionga tushib ketishiga,1982-yilga kelib esa klubning bankrot bo‘lishiga olib keldi.Jamoaning yetakchi oʻyinchilari sotib yuborildi va „Bristol Siti“ boshqaruvidagi soʻnggi oʻyinlarda Houghton yoshlar tarkibini maydonga tushirishga majbur boʻldi."Uimbldon"ga 0:1 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng Houghton rasman isteʼfoga chiqdi.

Bob Houghtonning keyingi ishi Shimoliy Amerika Futbol Ligasi (NASL) boʻlib,1982-yilda u Kanadaning „Toronto Blizzard“ klubini boshqarish taklifini qabul qildi.1983-yilda kanadaliklar Soccer Bowl finaliga chiqishdi, keyingisida ular chempionat finalida oʻynashdi.Shundan soʻng butun Amerika ligasi bilan birga u oʻz faoliyatini toʻxtatdi.Shundan soʻng Houghton Saudiya Arabistoniga "Al-Ittihod"ga (Jidda) yoʻl oldi va u bilan birga Futbol Federasiyasi kubogini qoʻlga kiritdi.1987-yilda Houghton Shvetsiyaga qaytib, dastlab „Ergryut“ning murabbiyi boʻldi va 1990-yilda u Malmyoga Roy Xojsonni oʻrniga bordi.1993-yilda u yana qisqa muddat „Al-Ittihod“ga murabbiylik qildi va 1994-yil aprelida Shveytsariyaning „Syurix“ keldi va u yerda 1995-yil martigacha ishladi.

1996-yilda Bob Houghton MLSdagi debyut mavsumida „Kolorado Rapids“ni qabul qildi, ammo mavsum oxiridagi yomon natijalar tufayli u ishdan boʻshatildi.

Xitoydagi faoliyati



1997-yil oxirida Houghton 1998-yilgi jahon chempionatiga chiqa olmagan Xitoyning milliy futbol terma jamoasiga murabbiylik qilish taklifini qabul qildi.Bir necha hafta ichida u jamoadagi barcha futbolchilarning ismlarini bilib oldi (Xitoyda xorijlik murabbiylar uchun bu kamdan-kam uchraydigan holat) va futbolchilarning birlashishiga, o‘zlariga ishonishlariga yordam berdi.Tez orada jamoa Sulola kubogida ikkinchi oʻrinni egalladi va 1998-yilgi Osiyo oʻyinlari futbol turnirida bronza medalini qoʻlga kiritdi.Muvaffaqiyatlar qatorida 10 yil ichida Yaponiya termasi ustidan qozonilgan ilk gʻalabani qayd etish mumkin.Biroq 2000-yilgi Olimpiada saralash turniridagi muvaffaqiyatsizlikdan soʻng Houghton terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini tark etdi.Shundan so‘ng u to‘rt yil davomida Xitoyning turli klub jamoalariga ustozlik qilgan.2003-2005-yillarda esa futbol federatsiyasida murabbiylik instruktori lavozimida ishlagan.

Oʻzbekiston terma jamoasida



Houghton 2005-yilda futbol Oʻzbekiston milliy futbol terma jamoasi boshqargan unga 2006-yilgi jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritish vazifasi qo‘yilgan edi.Ammo terma jamoa jahon chempionatiga chiqa olmadi, chunki pley-offda Bahrayn milliy futbol terma jamoasiga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (birinchi o‘yinda O‘zbekiston 1:0 hisobida g‘alaba qozondi, ammo hakam xatosi tufayli FIFA natijani bekor qildi, keyinroq).Bahrayn mehmonda urilgan gollardagi ustunlik evaziga gʻalaba qozondi.

Hindiston terma jamoasida



Keyin Houghton qisqa muddatga Xitoyga qaytib keldi va u yerda klublardan biriga ustozlik qildi va 2006-yil iyun oyida u Butun Hindiston futbol federatsiyasi tomonidan Hindiston milliy futbol jamoasi bosh murabbiyi boʻlishga taklif qilindi. Uning tayinlanishi hindlarning oʻyinini yangi bosqichga koʻtarishga qaratilgan edi.Bu jamoaning 2007-yil avgustida Neru kubogidagi gʻalabasida oʻz ifodasini topdi. 2008-yilning iyul oyida terma jamoa Janubiy Osiyo futbol federatsiyasi kubogi finalida Maldiv orollariga sharmandali magʻlubiyatga uchradi.Shunga qaramay oʻsha yilning avgust oyida hindlar Houghton boshchiligida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi tomonidan oʻtkazilgan Chaqiruv Kubogida Tojikiston millliy futbol terma jamoasini 4:1 hisobda magʻlub etishdi.2010-yilning may oyida u isteʼfoga chiqdi.Ammo 7-mayda Houghton Hindiston terma jamoasi murabbiyi sifatida qolishi eʼlon qilindi.Keyinchalik 2011-yilgi Osiyo Kubogidan soʻng shartnomani qayta koʻrib chiqish sharti bilan Hindiston terma jamoasi bilan shartnomasini 2013-yilgacha uzaytirdi.

Osiyo kubogi omadsiz kechdi.Hindiston terma jamoasi guruhdagi uchta o‘yinda ham mag‘lub bo‘ldi.Shundan so‘ng Butun Hindiston futbol federatsiyasi mutasaddilari jamoaning o‘yin natijalari va Houghtonning murabbiy sifatidagi faoliyatidan noroziligini bildirdi.Federatsiya Ijroiya qoʻmitasi Houghtonni ishdan boʻshatishga qaror qildi.23-fevral kuni qaror Federatsiya tomonidan tasdiqlandi va Houghton ishdan boʻshatildi.

Biroq bir muncha vaqt oʻtgach Houghton Goada paydo boʻldi va u yerda jamoani Challenj kubogining saralash oʻyinlariga tayyorlashni boshladi.

2011-yil 23-aprelda Butun Hindiston futbol federatsiyasi Houghtonning Hindiston terma jamoasi murabbiyligidan isteʼfoga chiqqanini eʼlon qildi.

Murabbiy sifatida erishilgan yutuqlar



 Shvetsiya "Malmyo"

 Kanada "Toronto Blizzard"

"Al-Ittixod"

Xitoy terma jamoasida

Hindiston terma jamoasida

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz