Bob Burman




 

Robert R. Burman (1884-yil 23-aprel – 1916-yil 8-aprel) amerikalik poygachi. 1900-yillarning boshlarida koʻplab tezlik rekordlarini oʻrnatgan. U koʻplab tarixiy poygalarda qatnashgan va 1911-yilda Indianapolis 500 ning birinchi mavsumida ham ishtirok etgan haydovchilardan biri edi.

Faoliyati



Burman 1884-yil 23-aprelda Michigan shtatining Imlay shahrida tugʻilgan. 1906-yilda Jackson Automobile kompaniyasida yoʻl sinovchisi boʻlib ishlagan. U bir nechta poygalarda qatnashish imkoniyatiga ega boʻldi va ularda oʻzini yaxshi koʻrsatdi. 1908-yilda General Motors asoschisi William C. Durant Robert R. Burmannni poyga bahslariga kirishida yordam bergan.

Burman 1909-yilda Indy 500ning asosiy poygachisi boʻlgan. U Buickda Prest-O-Lite Trophy poygasida gʻolib chiqdi. U Buick jamoasi uchun 1909-yilda Vesper Club Trophy poygasida birinchi oʻrinni, 1909-yilda Louell Trophy poygasida toʻrtinchi oʻrinni egalladi. 1910-yilda Burman Indianapolis avtopoygasida Remy Brassard Trophy 2 sovrinini qoʻlga kiritdi. 1911-yilda Burman oʻzining Buick 60 Special avtomobili bilan Nyu-Orleandagi Mardi Gras poygalarining birinchi toʻrttasida gʻolib chiqdi.

U 1912-yilgi Indianapolis 500 musobaqasida qatnashib, ikkinchi burilishda 157 aylanishdan keyin Cutting mashinasini halokatga uchratgan. Burman 1913-yilgi Indianapolis 500ni favorit sifatida boshladi va 41-davrada barchadan oldinga chiqdi. Lekin uning mashinasi 55-davrada yonib ketdi.

Vafoti



1916-yil 8-aprelda Bob Burman Corona poygasi paytida uning orqa shinalaridan biri portlashi va ochiq kabinali Peugeot mashinasi bilan toʻqnashishi natijasida halok boʻldi. Shuningdek, uch tomoshabin halok bo‘ldi, yana besh nafari og‘ir yaralandi.

Mukofotlar



U 2011-yilda Milliy Sprint Avtomobil shon-shuhrat zaliga kiritildi.

Indianapolis 500 natijalari




Galereya




Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz