Bob




 

Bob (tug‘ilganida Ali Muhammad  ; forscha: علی محمدy ; 1819-yil 20-oktabr – 1850-yil 9-iyul) - Bobiylikning messianik asoschisi bo'lib, Bahoiy dinining markaziy arboblaridan biridir. U 1844 yilda, 25 yoshida o'zini Xudoning elchisi deb e'lon qilgan Qojarlar Eronidagi Sherozlik savdogar edi. U o'ziga yashirin imomning noibiga ishora sifatida, Bob ( /bɑːb/ ; arabcha: باب </link> ; "Darvoza" yoki "Eshik") nomini oladi va islom qonunlari va an'analarini bekor qilishni, hamda yangi dinni o'rnatishni taklif qilib, dinda inqilobni boshlaydi. U quyi tabaqa kishilar orasida mashhur boʻlgan boʻlsa-da, ortodoks ulamolar va hukumatning qarshiligiga duch keladi, natijada uning o'zi va Bobiylar deb tanilgan minglab izdoshlari qirg'inga uchrab qatl qilinadilar.

Bob qalamiga oid ko'plab maktub va kitoblarda yangi ijtimoiy tartibning g'oyalari va tez orada yangi ilohiy elchining kelishi va'da qilingan. U fan va san'atni o'rganishni rag'batlantirib, nikoh, ajralish va merosni bo'lishda tartibga soluvchi ko'rsatmalarni bergan va amalga oshmaganicha qolgan bo'lajak Bobiy jamiyati uchun qonun-qoidalarni o'rnatgan. Garchi o'zlarini himoya qilgan Bobiylar va hukumat orasida bir qancha toʻqnashuvlar yuz bergan boʻlsa-da, Bob oʻz izdoshlarini tinchlikparvar boʻlishga va qilich tomoniga o'tmaslikka oʻrgatgan.

Bob murtadlikda ayblanib, Tabrizdagi jamoat maydonida bog'langan holda qatl etilganida, 750 miltiqdan unga qarata o'q otilgan. Birinchi zarbadan so'ng, Bobning g'oyib bo'lgani aniqlanadi, keyinchalik topilib, qayta maydonga qaytariladi. Ikkinchi zarba natijasida, u halok bo'ladi. Tafsilotlar yoritilgan hisobotlarda farqlar bor, ammo ularning barchasida birinchi zarbaning uni o'ldira olmagani tasdiqlanadi. Ushbu voqeaning hujjatlashtirilib keng tarqalishi, uning xabariga bo'lgan qiziqishni orttiradi. Uning jasadi qoldiqlari to 1909 yilda Abdul-Baho tomonidan Karmal tog'i yonbag'rida maxsus qurilgan ziyoratgohga dafn etilguniga qadar, yashirincha saqlanib kelingan.

Bahoiylar uchun Bobning vazifasi Yahudiylikagi Ilyos yoki Nasroniylikdagi Yahyo cho'qintiruvchining vazifasi kabidir: ular o'z dinlari asoschilarining jarchi-mujdasi bo'lganlar. Bobga ilohiy elchi sifatida ergashish, bugungi zamonda 5–8 millionlik aʼzoga ega Bahoiy E'tiqodi shaklida saqlanib keldi, uning asoschisi Bahoulloh 1863 yilda, o'zini Bob va'dasining amalga oshishi deb eʼlon qilgan. Bobiylik tarafdorlarining aksariyati 19-asrning oxiriga kelib, Bahoiylikni qabul qilishgan.

Kelib chiqishi



Hayotining dastlabki davri




Bob 1819-yil, 20-oktyabrda (1235 - hijriiy yilning 1-muharramida) Sherozda, shaharning oʻrta tabaqali savdogarlari oilasida tugʻilgan va unga Ali Muhammad deb ism berilgan. Uning otasi ham, onasi ham nasl-nasabini Husayn ibn Alidan tortib kelgan Muhammad avlodidan bo'lgan sayyidlardan edilar. Uning otasi Muhammad Rizo, onasi esa, Sherozlik taniqli savdogarning qizi Fotima (1800–1881) bo'lgan. Keyinchalik, onasi Bahoiy bo'lgan. Otasi yoshligida vafot etgan va uni savdogar tog'asi Hoji Mirzo Sayyid Ali tarbiyalagan.

Sherozda tog'asi uni boshlang‘ich maktabga topshirib, o'sha yerda olti-etti yilga qoldirgan. Oʻsha vaqtda hukmron bo'lgan rasmiy, ortodoks ilohiyotdan iborat o'quv dasturi o'z ichiga asosan fiqh va arab grammatikasini olgan, undan farqli oʻlaroq, Bob, yoshligidanoq matematika va kalligrafiya kabi kam oʻrganilgan noanʼanaviy fanlarga qiziqqan. Bobning ma’naviyat, ijod va tasavvur bilan mashg‘ulligi ham ustozlarining g‘azabini qo‘zg‘atgan va 19-asr fors maktab tizimi muhitida toqat qilinmagan. Bu Bobning taʼlim tizimidan hafsalasi pir boʻlishiga olib keladi, keyinchalik u kattalarga bolalarga hurmat bilan munosabatda boʻlishni, bolalarga oʻyinchoqlar berish va oʻyinlar oʻynashga ruxsat berishni, hamda oʻquvchilariga nisbatan hech qachon gʻazab va qoʻpollik koʻrsatmaslikni buyuradi.

15-20 yoshlar chamasida, u tog'asiga oilaviy tijorat ishlarinin yuritishda, savdo uyiga qo'shildi va Eronning Fors ko'rfazi yaqinidagi Bushehr shahrida savdogarlik qildi. Savdogar sifatida u Hindiston, Ummon va Bahrayn bilan savdo qilar ekan, o'zining halolligi va ishonchliligi bilan nom qozonadi. Uning dastlab yozgan asarlaridan ba'zilarida, uning tijoratdan zavqlanmagani va buning o'rniga diniy adabiyotlarni o'rganish bilan mashg'ul bo'lganini yoritiladi.

Manba xatosi: <ref> tags exist for a group named "lower-alpha", but no corresponding <references group="lower-alpha"/> tag was found

uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz