BOB



BOB (taxallusi; asl ismi Sayid Ali Muxammad) (1819. 20.10, Sheroz 1850, 9.7, Tabriz) — bobiylik asoschisi, bobiylar qo’zg’oloni rahbari. Sayid Ali Muhammad 1844 yilda o’zini Bob (Arab tilidagi eshik, darvoza so’zidan kelib chiqqan bo’lib, “Haqiqat va adolat yo’liga olib boruvchi eshik” degan ma’noda talqin qilingan) deb ataydi. Mahdiyning xohish-irodasi, yo’l-yo’riqlari xalqqa “Men orqali boradi”, deb e’lon qildi. U xaloskor — Maxdiyning kelishi yaqinlashganligi g’oyasini targ’ib qildi. Bob 1847 yilda qamoqqa olindi, u yerda “Bayon” (Arabccha — tushuntirish, yoritib berish, ta’riflash) asarini yozdi. “Bayon”da bobiylar harakatining asoslari yoritilgan. Bob bobiylar qo’zg’oloni vaqtida Eron shohi farmoni bilan qatl etildi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi


Uzpedia.uz