Boğaziçi universiteti




Boğaziçi universiteti (turkcha: Boğaziçi Üniversitesi) Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan davlat universitetidir. 1863-yilning 16-sentyabrida meʼmor Cyrus Hamlin va amerikalik savdogar Kristofer Robert tomonidan Robert kolleji tashkil etilgan. Yuz yildan ortiq kollej sifatida foydalanilgan Janubiy kampus 1971-yil 10-sentyabrda mustaqil universitet tashkil etish maqsadida Davlat tasarrufiga oʻtkazildi va Boğaziçi Universiteti tashkil etildi. Bugungi kunda yettita kampusga ega boʻlgan Boğaziçi Universiteti ingliz tilida ta’lim beradi.

Boğaziçi Universiteti Oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonida eng yuqori natija qayd etgan talabalar tomonidan afzal koʻriladigan universitetga aylandi.

Kampuslar



Boğaziçi Universiteti Istanbulning Yevropa tomonida 5 ta va Anadolu tomonida 2 ta jami 7 ta kampusga ega. Janubiy kampus universitetning asosiy kampusi boʻlib 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida qurilgan binolardan iborat.

Universitetning Shimoliy kampusi, Hisar kampusi va Ucaksavar kampusi Bebekda joylashgan. Abdullah Kuran Kutubxonasi, universitetning nashriyoti ba bosmaxonalarini oʻz ichig olgan O‘quv texnologiyalari binosi hamda Fan va muhandislik binosi Shimoliy kampusda joylashgan.

Hisar kampusi 1990-yilda ochilgan. U sport zali, shuningdek, Atrof-muhit fanlari instituti va Amaliy fanlar maktabini oʻz ichiga oladi. Ucaksavar kampusida talabalar turar joyi, Garanti Madaniyat Markazi, yopiq sport zali va stadion mavjud. Sarıtepe kampusi Qora dengiz sohilida joylashgan. Ushbu kampusda faqat tayyorlarlik boshqichidagi talabalar tahsil oladi, shuningdek kampus 3 ta yotoqxonani ham oʻz ichiga olgan.

Talabalar soni



2022-2023-o’quv yili holatiga ko’ra Boğazichi universitetida 9573 bakalavr, 2783 magistratura va 2480 tayyorgarlik bosqichida jami 14836 talaba tahsil olmoqda. Shulardan 6778 nafari yollar va 8058 nafari erkaklar. Bundan tashqari, universitetda dunyoning 70 ta davlatidan 480 nafar chet ellik talaba bor.
Boğaziçi universitetida ta'lim tili ingliz tilidir. Shuning uchun yangi qabul qilinayotgan talbalardan ingliz tilini yetarli darajada bilish talab etiladi.

Xodimlar soni



Boğaziçi universitetida 193 nafar professor, 110 nafar dotsent, 148 nafar doktorantura o‘qituvchisi, 105 nafar o‘qituvchi, 75 nafar chet ellik professor-o‘qituvchilar va 255 nafar ilmiy xodim ishlaydi.

Akademik birliklar



Fakultetlar

Institutlar

Havolalar



Rasmi sayt

Manbalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz