BOA



BOA, oddiy bo’g’ma ilon (Constrictor constrictor) — bo’g’ma ilonlar oilasiga mansub ilon. Uzunligi 2-5,5 metr. Terisining rangi chiroyli naqshindor yaraqlagan. Amerikaning asosan tropik o’rmonlari, tog’li hududlarida (imperator bo’g’ma iloni — S. s. imperator kenja turi) va quruq ochiq landshaftlarida (Argentina bo’g’ma iloni — S. s. occidentalis kenja turi) tarqalgan. Ko’pincha yerda, daryo va soylar qirg’og’ida, daraxtlarda yashaydi. Odamlar yashaydigan joylar yaqinida ham uchraydi. Kemiruvchilar, kaltakesaklar va qushlar bilan oziqlanadi. Asosan kechasi ovga chiqadi. Urg’ochisi 3 tadan 64 tagacha bolalaydi. Yosh Boa ko’lga o’rganadi, tutqinlikda 10 va undan ko’proq yil yashaydi. Boa terisi juda yuqori baholanadi, undan ko’nteri sanoatida foydalaniladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz