Bo szyuyi




Bo Szyuyi (772-846) - xitoy shoiri. Oʻz davri tuzumi tartibotlarini tanqid qilgani uchun taʼqib qilingan. 3 mingga yaqin sheʼr yozgan. Xalq orasida mashhur boʻlgan. B. S. lirik sheʼrlarida hayot quvonchlari, insonga boʻlgan samimiy muhabbat oʻz aksini topgan. "Mangu sogʻinch haqida qoʻshiq", "Ud" ("Arfa") poemalari bor. 10 sheʼrdan iborat "Sin naqoratlari", 50 sheʼrdan iborat "Yangi xalq qoʻshiqlari" to'plamlarida jamiyatda avj olgan poraxoʻrlikni va oʻzaro qirgʻinlarni qoralaydi.

Adabiyotlar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz