Bo Andersson




Bu Inge Anderson (1955-yil 16-oktabrda Shvetsiyaning Falkenberg shahrida tugʻilgan) — sobiq shved davlat xodimi, tadbirkor va diplomat.

Hozirda u „Oʻzavtosanoat“ning eng yirik korxonalari — „UzAutoMotors“ va „UzAutoMotors Powertrain“larning bosh direktori.

YAZAKI kompaniyasini Europe&Africa va Shimoliy&Markaziy America boʻlinmalari prezidenti lavozimida ham faoliyat yuritgan. U 28 ta davlatdagi 129 ta filiallari, 140 ming kishilik jamoa va 8 mlrd AQSh dollari uchun maʼsul hisoblanadi. YAZAKI avtomobil sanoati uchun dunyodagi eng yirik elektrotexnika ishlab chiqaruvchisi hisoblanadi.

YAZAKIdagi ish boshlashidan oldin, Bo Andersson quyidagi lavozimlarda faoliyat olib borgan,Saab Avtomobil sotib olish boʻlimi boshligʻi, General Motors global taʼminot va taʼminot zanjiri boʻlimi boshligʻi, GAZ Guruh islohatlar uchun bosh boshqaruvchisi va 2013-yil dekabrdan 2016-yil aprelgacha AVTOVAZda birinchi rus boʻlmagan bosh boshqaruvchisi boʻlgan.

2016-yil apreldan 2017-yil iyunga qadar Bo Andersson Bo Group Enterprises kompaniyasining bosh boshqaruvchisi boʻlib ishlagan. 2017-yil iyulda, Bu Andersson AZAKI kompaniyasini Europe&Africa boʻlinmasi prezidenti etib tayinlandi va 2018-yil 3-martda Shimoliy&Markaziy America boʻlinmasi prezidenti rolini qoʻshib oldi.

Biografiyasi



Bu Inge Anderson Shvetsiya janubida oʻsdi. U Shvetsiya harbiy akademiyasini bitirgan va keyin armiyada xizmat qilgan. U armiyani katta lavozimda tark etdi. Andersson Stokgolm Universitetida biznes boshqaruvi boʻyicha bakalavr darajasini oldi va Garvard Universitetida top menejment dasturini yakunladi.

General Motors



Andersson 1987-yilda Saab Avtomobil ABda xarid qilish menejeri sifatida ish faoliyatini boshlagan, bu erda 1990-yilda Saab taaminot vitse-prezidenti etib tayinlangan. 1993-yilda General Motors (GM) da elektr jihozlarini sotib olish guruhining ijrochi direktori lavozimida ishlash uchun Detroytga koʻchib oʻtdi. Bir-yil oʻtgach, u GM kimyoviy taʼminot guruhining ijrochi direktori etib tayinlandi va bu lavozimda uch-yil ishladi. 1997-yilda, Yevropa xaridlari boʻyicha vitse-prezidenti lavozimini egallash uchun u Germaniyaga koʻchib oʻtdi. 2001-yilda Andersson GMning top boshqaruvining bir qismi boʻlib, 2007-yilgacha butun dunyo boʻylab xaridlar boʻyicha vitse-prezident va 2009-yilgacha global xaridlar va taʼminot zanjiri boʻyicha vitse-prezident boʻlib ishlagan.

Andersson 2009-yilda GMni tark etdi va Rossiyaning eng qadimgi avtomobil zavodi va engil tijorat avtomobillari, avtobuslar va yoʻltanlamas ogʻir yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi GAZ Guruhining direktorlar kengashi rahbari Oleg Deripaskaga (Rossiya sanoat millarderi) maslahatchisi boʻldi.

GAZ Guruhi



Andersson 2009-yil 7-avgustda kompaniyaning strategiyasini amalga oshirilayotgan joriy faoliyati bilan birlashtirish maqsadida GAZ guruhining prezidenti boʻldi,. Asosiy maqsad, kompaniyani rentabellikka qaytarish edi.

Besh-yil davomida GAZda ish olib borganida, u 1 mlrd AQSh dollardan ziyod zararni yoʻqotdi va kompaniyani barqaror EBIT boʻyicha daromadga olib chiqdi: 7,6 % (2010), 8,8 % (2011), 10,3 % (2012). Rossiya valyutasida foyda 2008-yildagi 30,5 mlrd rubl zarardan 2012-yildagi 8,8 mlrd sof foydaga oʻzgardi.

Ushbu natijalarga Andersson tomonidan olib borilgan GAZ Guruhidagi izchil islohotlar natijasida erishildi:

— Kompaniya xodimlar sonini 50 ming kishiga kamaytirdi

— GAZ Volga yengil avtomobillari va ixtisoslashtirilgan avtomobillarni tasniflashni oʻz ichiga olgan samarasiz mahsulot liniyalari tugatilib, 2009-yilda yetti asosiy mahsulotga nisbatan, uchta asosiy mahsulot yoʻnalishiga alohida eʼtibor qaratildi.

— Barcha xodimlar uchun foyda taqsimoti dasturi ishga tushirildi va korruptsiyaga qarshi nol-bagʻrikenglik siyosati oʻrnatildi

— Soʻnggi 20-yil ichida birinchi yangi LCV platformasini oʻz ichiga olgan, yangi modellar toʻplami ishga tushirildi

— Gaz zavodida Volkswagen/Škoda, GM va Daimler modellarini ishlab chiqarish mahalliylashtirildi

AVTOVAZ



2013-yil 5-noyabrda Andersson OAJ AVTOVAZ prezidenti etib tayinlandi — Lada eski moda avtomobillarini ishlab chiqargan va bozor ulushini yoʻqotgan eng yirik rus avtomobil ishlab chiqaruvchisi. Shved menejeri kompaniyaning birinchi xorijiy prezidenti boʻldi. Uning yangi vazifasi LADA brendining qayta tiklanishi edi.

Andersson uchun AvtoVAZ prezidenti sifatida asosiy vazifalar orasida kompaniyaning mahsulot portfelini yaxshilash va brendning jozibadorligini oshirish edi. AvtoVAZ prezidenti lavozimida ishlagan dastlabki ikki-yil ichida, kompaniya 14 yangi avtomobili — Lada rusumli oltita yangi avtomobil va Renault Nissan Alliance uchun sakkizta avtomobil ishlab chiqardi. GAZ guruhida boʻlgani kabi, Andersson kompaniyaning biznesini isloh qilish bilan shugʻullangan. U oʻz ichiga quyidagilarni oladi:

— Boshqaruv darajasini 9-dan 5-ga pasaytirish orqali biznes jarayonlarini optimallashtirish

Ish samaradorligini oshirish uchun standartlashtirilgan ish joylari

Ishchilar sonini 37 %ga 77 mingdan 44 ming kishiga kamaytirish, jumladan boshqaruv ishchilari soni 44 %ga 16 mingdan 8,9 ming kishiga, zavod ishchilari 35 %ga 54,1 mingdan 35,4 ming kishiga kamaytirildi.

— Biznesni qayta qurish, shu jumladan samarasiz filiallarni sotish yoki yoʻq qilish va taʼminot bazasini qayta qurish

— Kompaniyaning korporativ identifikatorini oʻzgartirish, shu jumladan, Lada brendining yangi logotipini joriy etish

Anʼanaviy Lada avtomobillari bilan bir xil zavodda Alliance mahsulotlarini ishlab chiqarish orqali AvtoVAZ oʻz mijozlariga mahsulot sifati xalqaro brendlarning yuqori standartlariga javob berishini isbotlashga muvaffaq boʻldi.

2015-yilda AvtoVAZ koʻp-yillardan soʻng kompaniyaning birinchi, albatta, yangi 2 modelini 2ta zavodda-Lada Vesta (Izhevsk) va Lada XRAY (Tolyatti) ishlab chiqara boshladi. Yangi modellar katta muvaffaqiyatlarga erishdi. 2016-yil yanvarda Lada Vesta savdo boshlanganidan ikki oydan keyin raqobatchilarini quvib oʻtib, jumladan Škoda Rapid, Rossiyada eng koʻp sotilgan avtomobillar 10ligiga kirdi. Lada tarixida birinchi marta, Lada Vesta Rossiya bozorida oʻz sinfida eng xavfsiz avtomobil boʻldi, Avtoview crash testlarida maksimal reytingini oldi (4 yulduz ARCAP).

2015-yilda Vedomosti gazetasi tomonidan Andersson „2015-yil Odami“ deb topildi. U bu mukofotni „ulkan davlat korxonasi“ni bozorbop mashinalar ishlab chiqaruvchi oddiy zavodga aylantirgani uchun qabul qilib oldi.

2016-yil 17-fevral kuni Anderson isteʼfosini eʼlon qildi. U yangi rahbariyatga oʻtishni qoʻllab-quvvatlash uchun 3-aprelgacha oʻz lavozimida qolishga rozi boʻldi. Aprel oyidan boshlab, Andersson Bo Group Enterprises kompaniyasining bosh direktori boʻldi.

Tanqid



2016-yilda AvtoVAZning Rossiyada bosh direktori lavozimida u texnologik uskunalar ishlab chiqarishni va AvtoVAZning pilot ishlab chiqarishini toʻxtatdi. Tolyatti shahar Dumasi raisi Nikolay Ostudin Anderssonni Renault foydasiga LADAni yoʻq qilishga urinishda aybladi va hech qanday faktlar va dalillarni keltirmadi.

YAZAKI Kompaniyasi



Bu Andersson 2017-yil 14-iyulda YAZAKI Yevropa prezidenti etib saylandi. 2018-yil 3-martda YAZAKI kompaniyasini Europe&Africa va Shimoliy&Markaziy America boʻlinmalari prezidenti etib tayinlandi. Bundan tashqari, 2017-yil iyul oyigacha YAZAKI Yevropa prezidenti lavozimida davom etdi. U 28 ta davlatdagi 129 ta filiallari, 140 ming kishilik jamoa va 8 mlrd AQSh dollari uchun maʼsul hisoblanadi.

Nominatsiyalar




Maʼlumotnomalar




Havolalar




uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz