BWMeter
BWMeter ― shaxsiy kompyuter va tarmoq oʻrtasida maʼlumot uzatishni nazorat qilish va boshqarish uchun moʻljallangan dastur. Uning yordami bilan tarmoq kanali yukini grafiklar koʻrinishida tasvirlash, tarmoq birikmalari tezligini cheklash va uzatilgan maʼlumotlar paketlari boʻyicha batafsil statistik maʼlumotlar toʻplash mumkin.
Dastur Windows operatsion tizimlarida va x86 va x86_64 arxitektura protsessorlarida ishlaydi. Buning uchun NT Kernel Resources’ning „WinpkFilter“ drayverlaridan foydalaniladi. Ilovaga demoversiya sifatida kirish imkoniyati 30 kun davomida ochiq boʻladi, undan keyin ilovadan foydalanish uchun 30 USD toʻlash talab etiladi.
Dasturning xususiyatlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org