Blues




Blyuz (ing. blues, blue devils — gʻamginlik, dilgirlik) — Missisipi qoratanlilarining yakka ijro etiluvchi lirik qushigʻi; odatda.qaygʻu, hasrat, baxtni qoʻmsash kayfiyatlarini ifodalaydi. 19-asr oxiridan maʼlum; 20-asr boshidan shaharlarda yashovchi qoratanlilar orasida ham tarqala boshlaydi va professional musiqachilar ijodida mumtoz shakliga ega boʻladi. Ilk namunalari — U. Xendining "Memfis blyuz" (1912) va "SenLui blyuz" (1914). B. sirgʻanuvchi ohanglar ("blyuz ohanglari"), sinkopalar, ijroviy badihagoʻylik kabi xususiyatlarga ega. B.— jaz sanʼatining asosiy manbalaridan biri.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz