Bloodhound Gang




Bloodhound Gang (talaffuzi: Bladhaund Geng; inglizchadan tarjimasi: bladhaund toʻdasi) amerikalik musiqa guruhi boʻlib, 1991-yili Pennsilvaniyada tuzilgan. Guruh ijodini rapdan boshlab, keyinchalik ijodini rok musiqa tomon yoʻnaltirdi. Qoʻshiqlari mutoyiba va satirik boʻlib, jinsiy aloqaga oid hazillarga bagʻishlangan.

Guruh "Fire Water Burn", "The Bad Touch", "Foxtrot Uniform Charlie Kilo", "Along Comes Mary", "Uhn Tiss Uhn Tiss Uhn Tiss" va "The Ballad of Chasey Lain" ashulalari bilan tanilgan. Bloodhound Gang 6 milliondan oshiq albom sotgan.

Mojarolar



Geffen Records studiyasi "Yellow Fever" qoʻshigʻini osiyolik ayollarni haqoratlashi mumkinligi tufayli sotuvga chiqarishdan bosh tortgan. Bunga javoban guruh xonandasi Jimmy Pop ashulani jiddiy olmaslikka chaqirgan.

2006-yili guruh aʼzolari sahnada "oltin dush" (odamlarga siyish) bajargani uchun turli OAV tomonidan tanqid qilindi.

2013-yil avgustida Bloodhound Gang dovulchisi Jared Hasselhoff Ukrainadagi konsertida Rossiya bayrogʻini ishtoniga tiqqani uchun Rossiyaga kirishi taqiqlandi.

Diskografiyasi




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz