BLOKFLEYTA
BLOKFLEYTA (nemischa Blockflote — tiqin nay) — musiqa cholg’u asbobi, uzunasiga ushlab chalinadigan fleyta turi. Mundshtukining ichida yog’och tiqini joylashgan (nomi shundan), barmoqlarga mo’ljallangan 8 ta teshigi bor (7 tasi yuzida, 1 tasi orqa tomonida). Tovushi mayin va yoqimli. Yevropada 11 asrdan ma’lum, 16-18-asrlarda keng tarqalgan sozlardan biri. Blokfleyta uchun A. Vivaldi, G. Teleman, G. F. Gendel, I. S. Bax va boshqa turli janrlarda asarlar yaratishgan. Yakka tarzda, ansambl hamda orkestr tarkibida foydalanilgan. O’zbekistonda hozir ko’proq o’quv jarayonida qo’llanilmoqda.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz