BLOK
BLOK (inglizcha block) -1) gardishida zanjir, arqon, tasma uchun novi bo’lgan g’ildirak shaklidagi oddiy mexanizm yoki detal. Tortish kuchi yo’nalishini o’zgartirish, kuch yoki tezlikdan yutish uchun, ba’zan, burovchi momentni uzatish uchun ishlatiladi. Vazifasiga ko’ra, yo’naltiruvchi, barobarlovchi, qo’zg’aluvchan va harakatlantiruvchi (valga aylanma harakat uzatuvchi) xillarga bo’linadi. Kuchdan yoki tezlikdan yutish uchun murakkab Blokdan iborat yuk ko’tarish mexanizmi — polistpast qo’llaniladi; 2) bir necha bir xil qismlardan iborat mashina uzeli, masalan, ichki yonuv dvigateli tsilindrlar Bloki, ko’p shpindelli stanoklardagi shpindel Bloki; 3) kitob Bloki — kitobning tartibga solinib, mukrva ichiga solishga tayyorlangan listlari; 4) qurilishda — hajmiy Blok — bino hajmining bir qismi (masalan, xona, kvartira va boshqalar).
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Uzpedia.uz