Blönduos




Blönduós (islandcha talaffuzi: ˈplœntʏˌouːs) — Islandiya shimolidagi shahar va sobiq munitsipalitet boʻlib, 2018-yilda 895 kishi istiqomat qilgan. Islandiya atrofidagi koʻplab shahar va qishloqlar singari, Blönduos ham 19-asr oxirigacha qishloq sifatida tanilmagan.

Geografiyasi




Blönduosning asosiy xususiyatlaridan biri shundaki, shahar muzlik daryosi Blanda tufayli ikki qismga boʻlingan, shuning uchun u shunday nomlangan. Koʻpgina mahalliy kompaniyalar, boshlangʻich maktab, supermarket, jamoat markazi va sport inshootlari, jumladan, zamonaviy ochiq isitiladigan basseyn munitsipalitet shimolida joylashgan. Shahar tepasida vulqon krateriga oʻxshash ajoyib arxitekturaga ega cherkov mavjud.

Iqtisodiyoti



Blönduosdagi sanoat va hayotning aksariyat qismi qishloq xoʻjaligi va turizm uchun xizmat koʻrsatishga moslashgan. Soʻnggi yillarda shahar toʻqimachilik ishlari bilan mashhur boʻlgan. Islandiyadagi yagona toʻqimachilik muzeyi Heimilisiðnaðarsafnið [is] jun yuvish mashinasi va xalqaro toʻqimachilik rassomlari va olimlari uchun rezidentlik dasturini oʻz ichiga olgan Islandiya toʻqimachilik markazi Blönduosda joylashgan.

Taniqli odamlari




Qardosh shaharlar



Blönduos quydagi shaharlar bilan birodarlik aloqalariga ega

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz