BLINK MIKROSKOP



BLINK MIKROSKOP, miltillovchi mikroskop — yulduzlarning xususiy harakatini, yorqinligini aniqlash, kometa va mayda sayyoralarni topish maqsadida osmon muayyan bir qismining turli vaqtlarda olingan ikki fotosuratini taqqoslash uchun ishlatiladigan asbob. Ikkita ob’yektiv va bitta okulyardan iborat; okulyar oldiga fotosuratni birinketin kurishga imkon beruvchi qo’zg’aluvchan to’sqich qo’yilgan. To’sqich zarur paytda qo’l yoki motor yordamida suriladi. Bunda ko’pchilik yulduzlarning ustmaust tushgan tasvirlari o’zgarishsiz, harakatdagi yulduzlarning tasviri bir joydan ikkinchi joyga sakrab o’tgandek, o’zgaruvchan yulduzlarning tasviri esa miltillab ko’rinadi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz