BLEFAROSPAZM (Yunoncha blepharon — qovoq va spasmos — spazm) — ko’z aylana muskullarining spastik qisqarishi. Blefarospazm ko’z mug’uz pardasining o’tkir yallig’lanish kasalliklarida, ko’z soqqasi shikastlanganda, og’iz va burun bo’shlig’i kasalliklarida, allergiya, meningit, isteriya va travmatik nevrozlarda ro’y beradi. Blefarospazm uch shoxli nerv uchlarining qo’zg’alishidan kelib chiqadi. Bemor ko’zini ayniqsa yorug’da ocha olmaydi. Blefarospazm uzoq cho’zilganda qovoq shishib, qalinlashadi. Davosi: Blefarospazmga sabab bo’lgan kasallik bartaraf qilinadi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish