BLATI OTTO TITUS
BLATI OTTO TITUS (1860.11.8, Tata 1939.26.9, Budapesht) — Venger elektrotexnigi. O’zining nomi bilan ataladigan elektr toki hisoblagichi (elektroschetchik) ixtirochisi (1889). Berk magnit o’tkazgichli transformatorni yaratgan (1885, K. Tsipernovskiy va M. Deri bilan birga). Elektr stansiyalari uchun generatorlar, turbogeneratorlar, transformatorlar va boshqa elektr jihozlarini loyihalagan.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz