BLASTOPOR
BLASTOPOR (blasto… va Yunoncha poros — teshik), birlamchi og’iz, gastropor — ko’pchilik ko’p hujayrali hayvonlarning embrionida gastrulaning atrof muhit bilan aloqasini ta’minlaydigan teshikcha. Rivojlanish jarayonida ba’zi hayvonlar (birlamchi og’izlilar)da Blastopor og’izga aylanadi yoki og’iz hamda anal teshikni hosil qiladi, ikkilamchi og’izlilarda Blastopor o’rnida orqa chiqaruv teshigi yoki hazm qilish bo’shlig’ini nerv nayi bo’shlig’i bilan tutashtirib turadigan nervichak nayi hosil bo’ladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz