Blas Pérez




Blas Antonio Miguel Pérez Ortega (talaffuzi: Blas Antonio Migel Peres Ortega; 1981-yil 13-martda Panamada tugʻilgan) — panamalik hujumchi. U Panama terma jamoasida oʻynagan. 2018-yilgi jahon chempionati ishtirokchisi.

Klublardagi faoliyati



Blas Pérez faoliyatini „Panamá Viejo“ futbol klubida boshlagan. 1998-yilda u asosiy jamoada debyut qilgan va jamoa safida 56 oʻyinda 27 ta gol urgan.

Blas Pérez 2007-yil 29-mayda ispaniyaning „Hércules“ futbol klubi oʻtgan va 4 yillik shartnoma imzolagan. Transfer summasi 2,7 million dollarni tashkil qilgan. Blas Pérez Ispaniyada bir mavsum oʻtkazgan va 16 uchrashuvda 4 gol urgan.

2012-yilda Blas Pérez MLS „Dallas“ bilan shartnoma imzolagan. 11-mart kuni „New York Red Bulls“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoada debyut qilgan. 18-mart kuni „Portland Timbers“ futbol klubiga qarshi kechgan bahsda u oʻzining birinchi golini urgan.

Xalqaro faoliyati



Blas Pérez Panama terma jamoasidagi debyutini 2001-yilda Gvatemalaga qarshi oʻtkazgan. Oʻsha yilning 6-sentyabr kuni Gvatemalaga qarshi oʻyinda u terma jamoadagi debyut golini kiritgan. 2007-yilda milliy terma jamoa tarkibida u AQShda boʻlib oʻtgan CONCACAF Oltin Kubogiga yoʻl olgan. Turnirda u Gonduras, Kuba, Meksika va AQSh terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Gonduras, amerikaliklar va kubaliklarga qarshi bahslarda Blas Pérez uchta gol urgan.

2009-yilda Blas Pérez ikkinchi marta CONCACAF oltin kubogida ishtirok etgan. Nikaragua, Gvadelupa, Meksika va AQSh jamoalariga qarshi bahsda oʻynagan. Ikki yil oldin boʻlgani kabi, u AQSh, Meksika va Nikaragua darvozasiga uchta gol urgan.

2011-yilda u uchinchi marta CONCACAF oltin kubogiga yoʻl olgan va u yerda Gvadelupa, AQSh, Kanada va El Salvador jamoalariga qarshi bahslarda qatnashgan. Gvadalupeliklar bilan oʻyinda futbolchi gol urgan.

2013-yilda u terma jamoaga CONCACAF oltin kubogi finaliga chiqishga yordam bergan. Turnirda u Meksika, Martinika, Kanada, AQSH va Kuba terma jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.

2015-yilda Blas Pérez CONCACAF oltin kubogining bronza medali sohibiga aylangan. Gaiti, Gonduras, Trinidad va Tobago va AQSh terma jamoalari bilan boʻlgan oʻyinlarda maydonga tushgan. Amerikaliklarga qarshi bahsda gol urgan.

Statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz