Blagoveshchensk




Blagoveshchensk — Rossiya Federatsiyasidagi shahar (1858-yildan), Amur viloyatining maʼmuriy markazi. Blagoveshchensk stansiyasi. Zeya daryosining Amur daryosiga quyilish yeridagi port. Aholisi 241 ming kishidan (1999). Blagoveshchensk 1856-yilda UstZeyskiy nomi bilan harbiy post sifatida vujudga kelgan. Mashinasozlik (konruda va oltin qazib olish sanoati uchun jihozlar, elektr asboblari ishlab chikariladi, kemasozlik zavodlari va boshqa zavodlar), yogʻochsozlik, yengil, oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. 4 oliy oʻquv yurti, drama va qoʻgʻirchoq teatrlari, oʻlkashunoslik muzeyi mavjud.

Adabiyotlar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz