Black Sails (teleserial)
Black Sails (Qora yelkanlar) – New Providence orolida suratga olingan Amerika tarixiy, sarguzasht teleseriali. 1883-yilda yozilgan Robert Louis Stevensonning Xazinalar oroli romani voqealarining avvalgi qismi sifatida ishlangan. Serial Jonathan E. Steinberg hamda Robert Levine tomonidan Starz telekanali uchun yaratilgan. U 2014-yil 18-yanvarda YouTube va u kabi boshqa striming platformalarida, video disklarda bepul onlayn namoyish etilgan. Bir haftadan soʻng 2014-yil 25-yanvarda Kabel televideniesidagi birinchi namoyish ham taqdim etildi. Filmga Steinberg Michael Bay, Brad Fuller va Andrew Formlar ijrochi prodyuser sifatida, Michael Anjeli, Doris Egan hamda Levin esa birgalikda ijrochi prodyuserlik sifatida film ishlab chiqarilishiga hissa qoʻshgan.
2013-yil 26-iyulda Starz kanali shouni 2015-yil 24-yanvarda premyerasi oʻtkaziladigan ikkinchi mavsumning oʻn epizodi uchun yangilaydi. Birinchi mavsumning premerasidan olti oy oldin erta yangilanishi San-Diego Comik-Condagi shouga muxlislarning qiziqishlari inobatga olinib, koʻproq shunga asoslanilgan edi. Serialning uchinchi fasli 2014-yil 12-oktabrda yangilandi va 2015-yil 31-iyulda oldingi mavsumlarning premerasidan avval toʻrtinchi fasli qayta yangilandi. 2016-yil 20-iyulda Starz tomonidan serialning yakuni toʻrtinchi fasl boʻlishini eʼlon qilindi. Mavsum premyerasi 2017-yil 29-yanvarda oʻtkazildi va serial ishlari 2017-yil 2-aprelda yakunlangan.
Syujeti
Black Sails filmida XVIII asrning boshlarida, Xazinalar oroli romani voqealardan taxminan yigirma yil avval, qaroqchilikning oltin davrida boʻlib oʻtgan voqealar tasvirlangan. Qoʻrqib ketgan kapitan Flint New Providence orolida omon qolish uchun kurashayotgan yosh ekipaj aʼzosini diqqatini tortadi. Birinchi epizod boʻyicha, 1715-yilda Gʻarbiy Hindistonda New Providence orolining qaroqchilari mamlakatdagi dengiz savdosiga jiddiy tahdid soladi. Har bir sivilizatsiyalashgan xalqning qonunlariga koʻra ular butun odamzodning dushmani deb eʼlon qiladi. Bunga javoban, qaroqchilar oʻzlarining doktrinasiga amal qilib, butun dunyoga qarshi urush ochadi. Filmda toʻqima qahramonlardan tashqari haqiqiy qaroqchilardan Anne Bonny, Benjamin Hornigold, Calico Jack, Charles Vane, Edward Low hamda Qorasoqol obrazlari yaratilgan.
Filmning birinchi mavsumi ispan xazinasi Urca de Limani izlash bilan boshlanadi. Ikkinchi mavsum boshida Urca de Lima xazinasi Florida qirgʻogʻida uni himoya qiladigan ispan askarlari qoʻlida qoladi, mavsum oxirida esa xazinani Calico Jack Rackham va uning qaroqchilar jamoasi egallaydi. Ikkinchi mavsumda dengiz qoʻshinlari zobiti, Londonlik zodagon Flint qaroqchilikka qanday va nima uchun qoʻshilgani haqida hikoya qilinadi. Uchinchi va toʻrtinchi fasllar mazmuni kapitan Woodes Rogers qaroqchilari va Britaniya imperiyasi oʻrtasidagi New Providenceni nazorat qilish ustida boʻlib oʻtadigan oʻzaro urushlarga qaratilgan.
Rollarda
Ishlab chiqarilishi
Serial Janubiy Afrikaning Keyptaun shahridagi Keyptaun kinostudiyasida mahalliy Afrika film ishlab chiqarish kompaniyasi bilan hamkorlikda yaratilgan.
Ochilish sarlavhasi loyihasi Imaginary Forces va Michelle Dougherty, Karin Fong rejissiyorligida Battlestar Galactica hamda The Walking Dead seriallari bastakori Bear McCreary tomonidan yaratilgan. Unda oʻsha davrning gʻildirakli lira kabi cholgʻu asboblari aniq keltirilgan.
Kemalarga ketadigan chiqim miqdori boʻyicha faqat bitta kemani qurish uchun 300 dan ortiq ishchi safarbar etilgan.
Tanqidiy yondoshuv
Black seals serialining birinchi mavsumi tanqidchilar fikri boʻyicha turli natijalarni qoʻlga kiritgan. Rotten Tomatoesda mavsum 49 ta sharh natijalariga koʻra oʻrtacha 6,05/10 ball bilan 65% reytingga ega boʻldi. Metacritic mavsumida bittasi 27 ta tanqidchi baholari bilan 100 balldan 58 ballga erishdi, bunda „aralash yoki oʻrtacha sharhlar“ natijasi koʻrsatilgan.
The Hollywood Reporter muhbiri Tim Goodman shunday deydi: „Qaroqchilarning bu qahramonlik hikoyasiga qonli va jinsiy aloqa sahnalarida koʻpincha kamroq shoularni egallaydigan pullik kabel erkinliklaridan tashqariga chiqish katta yordam beradi. Film bir necha epizodlardan keyin bu yoʻnalishdan chetlashib, kattaroq va murakkabroq hikoyalar uchun epizod yaratadi“. Los Angeles Times gazetasidan Robert Lloyd shunday deydi: „Black Sails – qaroqchilar xazinasi filmi Starz seriyasida qaroqchilarning kundalik hayotini yorqin ifodalaydi“. Detroit News muhbiri Tom Long filmni quidagicha izohlaydi: „Ittifoqlar tuziladi va yakson boʻladi, hokimiyat almashuvi abadiy qolmaydi, u ham almashadi, qon toʻkiladi va qoʻshnilar bir-birni ovlashda davom etadi. Bu voqealar gʻayrioddiy darajada oʻziga jalb qiladi“. AV klubidan Emili St. James shunday fikr bildiradi: „Black Sails baʼzida chiroyli illyuziya kabi koʻrinsada, ammo u kamdan-kam hollarda bu mavzudan chetga chiqish yoʻlini topa olgan“.
Filmning ikkinchi mavsumi Rotten Tomatoesda 8 ta sharh asosida 100% reytingni qoʻlga kiritgan, oʻrtacha reyting bali 8,7/10 boʻlgan. The New York Times gazetasi muhbiri Neil Genzlinger fikricha: „Starz kanali Spartacus va Camelot filmlaridagi faoliyatidan koʻra, bu filmda koʻproq ogʻir sujetli dramalar formulasini yaratgan. Bu formulani Black Sailsda oʻziga xos mohirlik bilan amalga oshirgan.
Toʻrtinchi fasl 10 ta sharh boʻyicha Rotten Tomatoes uchun 80% reyting olgan, oʻrtacha reyting 7,8/10 ni tashkil qilgan. Saytning tanqidiy munozarasida shunday deyilgan: Black Sails shov-shuvli yakuniy mavsumda oʻz oʻrnini egallab, serialning tomoshaga boʻlgan moyilligini saqlab qoladi va bu orqali qoʻpol personajlarni chiroyli tarzda tushintirishga erishadi“.
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org