Black Panther (film)
Qora pantera (inglizcha:
Black Panther ) 2018-yilda ekranlarga chiqarilgan superqahramonlar haqidagi filmdir. Rayan Kugler rejissyorligida suratga olingan ushbu film Stan Lee va Jack Kirby tomonidan yaratilgan shu nomdagi Marvel Comics personajiga asoslanadi. Film Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning oʻn sakkizinchi toʻliq hajmli filmidir. Film syujetiga koʻra, Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi filmidan soʻng TʼChalla uyi sanalmish Wakandaga qaytadi.
Qora pantera filmi premyerasi 2018-yil 29-yanvarda Los-Anjelesda boʻlib oʻtdi va kinoteatrlarda 2D, 3D, IMAX va boshqa formatlarda namoyish etildi. Film tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi, biroq filmda qoʻllanilgan kompyuter grafikasi tanqidga uchradi. Kartina umumjahon boʻylab $1,3 milliarddan oshiq mablagʻ toʻpladi va 2018-yilning eng daromadli ikkinchi filmiga (birinchi oʻrinda Qasoskorlar: Abadiyat jangi) aylandi.
2018-yilning 18-aprelida Saudiya Arabistonida 35 yillik taqiqlovdan keyin ochilgan birinchi kinoteatrda ilk film boʻlib Qora pantera namoyish etildi.
Rollarda
Musiqasi
Daromadi
Qora pantera filmi umumjahon boʻylab prokatlarda jami $1,3 milliard ishlab topdi. Byudjeti esa $200-210 million atrofidadir.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org