Black Panther: Wakanda Forever




Black Panther: Wakanda Forever (tarjimasi „Qora pantera: Wakanda barhayot“) — 2022-yilda ekranlarga chiqarilishi kutilayotgan superqahramonlar haqidagi film. Ryan Coogler tomonidan suratga olingan. FIlm gʻoyasi Marvel Comics nashriyotidan tushirilgan Qora Pantera personajiga asoslangan. Film Marvel Studios tomonidan ishlab chiqarilgan hamda Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgan. Shuningdek, film 2018-yilda ishlangan Qora pantera filmi sikveli boʻlib, Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 30-toʻliq hajmli filmiidir.

Filmning davomini ishlab chiqish toʻgʻrisidagi gʻoyalar 2018-yil fevral oyida Qora Pantera filmi kinoprokatlarga chiqqandan keyin soʻng boshlandi. Coogler bir oydan soʻng rejissor sifatida qaytishi haqida muzokara olib bordi va Marvel Studios 2019-yil oʻrtalarida film davomi suratga olinishini rasman tasdiqladi. Biroq, rejalarga 2020-yil avgustda oʻzgaradi Chadwick Bosemanning saraton tufayli vafot etishi ortidan Marvel TʼChalla qahramonini olib chiqmaslikka qaror qildi. Boshqa asosiy aktyorlar noyabr oyida qaytishi tasdiqlangan.

Rollarda




Musiqasi



Roʻyxatda keltirilgan treklarning barchasining musiqasini Ludwig Göransson yaratgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz