Black Widow (2020 film)




Qora beva (inglizcha: Black Widow) 2021-yilda ekranlarga chiqqan Marvel Comics nashriyotining shu nomli qahramoniga asoslangan superqahramon janridagi AQSh filmidir. Film Marvel Studios mahsuloti boʻlib, Walt Disney Studios Motion Pictures tomonidan tarqatilgandir. Kartina Marvel kinematografiya koinoti (MKK) ning 24-toʻliq hajmli filmidir. Film rejissori Cate Shortland, ssenariynavisi Eric Pearson boʻlib, kartinada bosh qahramonlarni Scarlett Johansson (Natasha Romanoff / Qora beva sifatida), Florence Pugh, David Harbour, O-T Fagbenle, Olga Kurylenko, William Hurt, Ray Winstone va Rachel Weisz kabilar jonlantirishgan. Kartina Natasha Romanoffning Kapitan Amerika: Fuqarolar urushi (2016) dan keyingi voqealari haqida hikoya qiladi.

Qora beva filmi premyerasi 2021-yil 29-iyunda jahonning turli joylarida boʻlib oʻtdi. Film MKKning toʻrtinchi fazasidagi ilk film hisoblanib, COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi uch marotaba kechiktirildi (aslida, 2020-yil may oyida kinoprokatlarga berilishi kutilayotgan edi). Kartina umumjahon boʻylab $379.6 million jamgʻarishga muvaffaq boʻlgan.

Mazmuni




1995-yilda rus maxfiy agentlari sanalmish super-askar Aleksey Shostakov va qora beva Melina Vostokoff oʻzlarining surrogat qizlari — Natasha Romanoff va Yelena Belovalar bilan Ogayo shtatida oʻzlarini normal oila sifatida tutishib yashab kelishmoqda edi. Ularning Q.A.L.Q.O.N intelni oʻgʻirlash boʻyicha missiyasi nihoyasiga yetgach, oila Kubaga qochib ketadi hamda xoʻjayini boʻlgan general Dreykov bilan uchrashishadi, u esa Romanoff va Belovani Qizil xonaga shugʻullanishga yuboradi. Yillar oʻtib, Shostakov Rossiyada qamoqqa tashlandi. Romanoff esa Dreykovning Budapeshtdagi offisini Dreykov va uning qizi Antoniya bilan birga portlatganidan soʻng, Q.A.L.Q.O.N tashkilotiga qochib ketadi.

Rollarda




Musiqasi



Filmdagi barcha musiqalar Lorne Balfe tomonidan bastalangan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz