Bizerta




Bizerta — Tunis shim.dagi shahar. Bizerta viloyatining maʼmuriy markazi. Aholisi 95 ming kishidan ziyod. Oʻrta dengizga kanal bilan tutashgan Bizerta koʻli sohilidagi yirik port, temir yoʻl stansiyasi. Mamlakatning savdo-sanoat markazi. B da dastlab finikiyaliklar, soʻngra qad. rimliklar, 698 yildan arablar, 1535 — 72 yillarda ispanlar hukmronlik qilgan. 1881 — 1956-yillarda Fransiya protektorata va 1963-yilgacha yirik harbiydengiz bazasi boʻlgan. Neftni qayta ishlash zavodi, rangli metallurgiya, sement, kemasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati korxonalari bor. Hunarmandchilik (gilam, toʻr toʻqish) rivojlangan. B. orqali chetga temir rudasi, qoʻrgʻoshin, sement, zaytun moyi va boshqa qishloq xoʻjaligi mahsulotlari chiqariladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz