Biyigul




Biyigul  – mashhur baxshi Shomurod Togʻayevga tegishli avtobiografik xarakterdagi terma. Terma ikkinchi jahon urushi hamda surgun davrida hali goʻdak boʻlgan Shomurod Toʻgʻayevning boshidan kechirgan qiyinchiliklarini hikoya qilib beradi.

Tarixi



Shomurod Baxshining otasi Togʻay shoir 1932-yilda Sibirga surgun qilingan. Shomurod 9 oylik boʻlganida onasi Tojixol Shukurova vafot etgan. Sibirdan qaytib kelgan otasi Togʻay shoir koʻp oʻtmay urushga chaqrib olinadi. Shundan soʻng yosh Shomurodni bolalar uyiga topshirib yuborishgan. Bolalar uyida rus tilida taʼlim olgan Shomurod 1945-yilda, yaʼni otasi qaytib kelganidan keyin biroz muddat undan taʼlim olgan. Terma matnining mazmuni oʻsha kunlarga bagʻishlangan.

Kuylanishi



„Biyigul“ termasi dastlab Shomurod Togʻayevning „Yuragimning joʻri boʻlgan doʻmbiram“ kitobidan oʻrin egallagan. Kitob Oʻktam Hakimov tomonidan yozib olingan va „Alpomish media“ homiyligida nashr etilgan. Shuningdek, terma Hosila Rahimova tomonidan ham kuylangan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz