Biy




Biy — 1) qabilaning yoki qabilalar ittifoqining boshligʻi, toʻrasi; 2) yuqori mansabli kishilarni ulugʻlash uchun ishlatilgan soʻz yoki ularga berilgan unvon; 3) koʻchmanchi va yarim koʻchmanchi turkiy xalqlarning urugʻ oqsoqollariga berilgan unvon. 17 — 19-asrlarda B.lar yirik oʻzbek qabila va uruglarga boshchilik qilib, faqat markaziy hukumatga itoat etgan; 4) Xiva xonligida otal iqlarlan keyin keladigan mansab. Abulgʻoziy Bahodirxon oʻz yonidan B.larga toʻrtta oʻrin bergan. B.lar navkarlarta sarkardalik qilganlar; 5) Buxoro xonligida xizmat pogʻonasining 9mansabi; amorat panoh unvoni boʻlgan. Bu unvonni olgan shaxs uni keyingi mansablarni egallaganda ham oʻzida saqlab qolgan.

Yana qarang




Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz