BIXEVIORIZM



BIXEVIORIZM (inglizcha behaviour xulq) — 19-asrning oxiri — 20-asrdagi Amerika psixologiyasining yetakchi oqimlaridan biri. Bixeviorizm ta’limoti asosida odam va hayvon xulqida tashqi muhitdan bo’ladigan ta’sir, qo’zg’atuvchi (stimul)ga javoban yuzaga keladigan xatti-harakat va unga taalluqli nutqiy va hissiy javoblarning majmui yotadi. Bixeviorizm introspektiv psixologiya inqirozi sharoitida va hayvonlar psixikasini eksperimental tadqiq qilish ta’siri ostida yuzaga kelgan. Chunki bunday tadqiqotlarda inson psixikasini o’rganishda yetakchi bo’lgan o’z-o’zini kuzatish metodidan foydalanib bo’lmagan, shuning uchun hayvonlarga nazorat qilib turiladigan turkum ta’sirlar ko’rsatish va bu ta’sirlarga hayvonlar tomonidan beriladigan (berilayotgan) javob reaktsiyalarini qayd etib borishga asoslangan tajriba metodikasi ishlab chiqilgan. So’ng bu metodika odam psixologiyasini ham o’rganishga ko’chirilgan. Pozitivizm falsafasi tamoyillari Bixeviorizmning umummetodologik asosi bo’lib xizmat qilgan. Bu tamoyilga ko’ra, fan, bevosita kuzatib bo’lmaydigan ongni emas, balki faqat bevosita kuzatsa bo’ladigan narsalarnigina qayd etishi lozim. Bixeviorizm nuqtai nazaridan xulq “stimul— reaktsiya” (S—R) aloqalarining majmui sifatida talqin qilingan (tushunilgan). Bixeviorizmning ilk g’oyalari E. Torndayk (1874— 1949) asarlarida o’z aksini topgan. Bixeviorizm dasturi va shu atamaning o’zi birinchi bor J. B. Uotson tomonidan taklif etilgan (1913). Bixeviorizm ilmiy asoslarining shakllanishiga V. M. Bexterev va I. P. Pavlovlarning ishlari katta ta’sir ko’rsatgan. Bixeviorizm ta’limotiga ko’ra, odamda, u tug’ilgan vaqtda nisbatan oz (kam) sonli xulqning tug’ma tizimlari (nafas olish, yutish va shu kabilar) mavjud bo’ladi va keyinchalik shular ustiga ancha murakkabroq xulq jarayonlari qo’shilib boradi. Muvaffaqiyatli reaktsiyalar mustahkamlanib boradi va keyinchalik ham “effekt qonuni”ning qayta tiklanishi an’anasiga ega bo’ladi. Reaktsiyalarning mustahkamlanib borishi “mashqlar qonuniga” bo’ysunadi, ya’ni bir xil stimullarga javoban bir xil reaktsiyalarning qaytaqayta takrorlanaverishi natijasida bu reaktsiyalar o’z-o’zidan yuzaga chiqaveradigan bo’lib qoladi. Bixeviorizm 20-asrning 20-yillarida yuksak darajada rivojlandi. Bixeviorizm atamasi va tadqiqot metodikalarining asosiy g’oyalari antropologiya, sosiologiya va ped.ga ham tatbiq etildi. Xulqni o’rganish borasida bir-biri bilan bog’liq bu fanlar Amerikada bixevioral fanlar deb ataladigan umumiy nom olgan. Hozir ko’p hollarda Bixeviorizm g’oyalari saqlanib qolgan, 2-jahon urushidan keyin Bixeviorizm an’analari qator tadqiqotlar, shuningdek dasturli ta’lim (Skinner) deb nomlangan Amerika kontsepsiyalarida davom ettirilgan. Hoz. zamon psixologiyasida Bixeviorizm jiddiy tanqid ham qilinadi. Buning sababi Bixeviorizmda ong, tafakkur, iroda va shu kabilar asosiy tushunchalar psixologiyadan chetlashtiriladi, psixikaning ijtimoiylik tabiati inkor qilinadi va shularning oqibatida inson xulqi soddalashtirilib yuboriladi.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Sun'iy intellekt javobi:

Bixeviorizm (Behaviorizm) haqida tushuncha

Bixeviorizm — bu psixologiyaning bir yo‘nalishi bo‘lib, uning asosiy diqqat markazi inson va hayvonlarning tashqi ko‘rinishdagi xatti-harakatlari (behaviors) hisoblanadi. Bu yo‘nalish ichki psixik jarayonlardan ko‘ra, ko‘zga ko‘rinadigan va o‘lchovchi, kuzatiladigan xatti-harakatlarga e’tibor beradi.

Bixeviorizmning kelib chiqishi va tarixi

Bixeviorizm 20-asr boshlarida Amerika psixologi Jon Uotson (John B. Watson) tomonidan asos solingan. Uotson va uning izdoshlari psixologiyani ob’ektiv fan sifatida rivojlantirishni maqsad qilib, faqat tashqi kuzatiladigan hodisalar va jarayonlarni o‘rganish kerak, deb hisoblashardi. Shundan oldin psixologiyada hissiyotlar, ong, ruhiy jarayonlar kabi ichki holatlar tadqiq etilgan bo‘lsa-da, ularni ilmiy asosda o‘lchash qiyin bo‘lgan.

Asosiy tamoyillari

  1. Xatti-harakatlarga diqqat: Bixeviorizm odam yoki hayvonning ichki holatlarini emas, balki ularning tashqi harakatlarini o‘rganadi.
  2. Shartli reflekslar: Ivan Pavlovning tajribalari asosida shartli reflekslar tushunchasi rivojlandi. Bu — ma’lum bir stimulyator ta’sirida avtomatik ravishda yuzaga keladigan javob.
  3. Tabiiy eksperiment va sharoit: Xatti-harakatlar muhit va sharoitlar ta’sirida shakllanadi. Shuning uchun o‘rganish va tajribalar eksperimental sharoitlarda olib boriladi.
  4. O‘rganish va muhitning o‘rni: Bixevioristlar inson xatti-harakatlarining shakllanishi muhit va o‘rganish jarayonlari bilan bog‘liq deya ta’kidlaydilar.
  5. Objektiv yondashuv: Ichki hissiyotlar va ong holatlari psixologiyaning ob’ektlari emas, chunki ularni ilmiy usullar bilan aniq o‘lchash qiyin.

Bixeviorizmning asosiy yetakchilari

Bixeviorizmning o‘rni va ahamiyati

Tanqidlar

Xulosa

Bixeviorizm — psixologiyaning yirik yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, uning asosiy vazifasi tashqi ko‘rinadigan xatti-harakatlarni aniq va ilmiy usullar bilan o‘rganishdir. Bu yo‘nalish inson va hayvonlarning o‘rganishi, xulqini shakllantirish jarayonlarini tushunishda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bugungi kunda ham amaliy psixologiya va ta’lim tizimida o‘z o‘rnini saqlab kelmoqda.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz