Bivalentlar




Bivalentlar (lot. bis — ikki marta va valens, valentis — kuchli) — meyozda yadroning boʻlinishi tufayli hosil boʻlib, oʻzaro chalkashgan (konʼyugatsiyalangan) gomologik xromosomalar jufti. B. xromosomalar orasida hosil boʻlgan Xsimon figuralar — xiazmalar xromosomalar kompleksini tutib turadi. Ana shu holatda xromosomalar oʻrtasida irsiy materiallar almashinuvi roʻy beradi. Odatda B. soni xromosomalarning gaploid soniga teng boʻladi.

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz