Biva
Biva (yaponcha: 琵琶湖) — Yaponiyadagi eng katta koʻl, Xonsyu orolida joylashgan. Biva koʻli qadimiy koʻl boʻlib, 4 milliondan oshiq yoshda sanaladi. Bu koʻl jahondagi 13-eng qadimiy koʻl deb taxmin qilinadi. Maydoni 716 km², chuqurligi 86 m gacha. Togʻ oraligʻi botigʻida joylashgan. Gʻarbiy qirgʻoqlari baland, sharqi — past. Koʻldan Yodo daryosi boshlanib Osaka qoʻltigʻiga quyiladi. Kanallar orqali Osaka va Kioto shaharlari bilan bogʻlangan. Kema qatnaydi. Turizm rivojlangan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org