Bitlz




"BITLZ" (ing. "The Beatles") — ingliz vokalcholgʻu ansambli. Rok musiqasi asoschilaridan. 1950-yillar oxirida Liverpulda kvartet tarzida tashkil etilgan. Asarlarni asosan P. MakKartni bilan J. Lennon ijod qilgan. "B." dastlab oʻyinbop (sheyk, tvist kabi roknroll usullariga asoslangan) qoʻshiqlarni ijro etgan. Keyinchalik, kelt folklori, ingliz balladasi uslublari hamda zamonaviy ritmlardan ijodiy foydalanib, oʻziga xos uslub yaratgan. 1966-yilgacha jahon boʻylab katta sahnalarda (hatto stadionlarda ham) konsertlar bergan. 1967-yildan boshlab asosan ovoz yozish studiyalarida ishlab, 10 dan oshiq gramplastinka chiqargan, 3 filmga musiqa yozgan. 1970-yilda tarqalib ketgan. "B." guruhi rokmusiqasi rivojiga muhim hissa qoʻshib, uni oʻyinkulgi, maishat doirasidan sanʼat darajasiga koʻtargan.

The Beatles yoki Beatles (talaffuzi: Bitlz ) Liverpullik ingliz musiqiy guruhi boʻlgan. The Beatles ommaviy madaniyat tarixidagi eng omadli guruh deb hisoblanadi.

The Beatles AQShda eng koʻp sotiladigan albomlar chiqargan. Buyuk Britaniyada The Beatles'ning 40 dan ortiq turli singllari va albomlari chartlarda birinchi oʻrinlarga chiqqan. EMI leybl kompaniyasiga koʻra, 1985 yilgacha dunyoda The Beatles'ning bir milliarddan ortiq disk va kassetalari sotilgan. 2004 yili Rolling Stone jurnali The Beatles'ni 100 nafar Eng Buyuk Artistlar roʻyxatida birinchi pogʻonaga loyiq koʻrdi. Ularning musiqiy faoliyati XX asr madaniyatini shakllantirdi.

Diskografiya



Guruhning Buyuk Britaniyada chiqarilgan asosiy studiyaviy albomlari

Ilovalar




Havolalar




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz