Bitcoin Foundation
Bitcoin Foundation — AQSh Ichki daromad xizmati tomonidan xayriya jamgʻarmasi sifatida Sietlda roʻyxatga olingan tashkilot (aʼzolik toʻlovlari xayriya pullari emas, biznes xarajatlari sifatida inobatgaolinadi). Jamgʻarma 2012-yil sentabr oyida „Bitcoin kriptografik vositalarini butun dunyo boʻylab foydalanuvchilar manfaatida foydalanishni standartlashtirish, himoya qilish va ragʻbatlantirish“ sifatida belgilangan nizom maqsadlari bilan tashkil etilgan. Jamgʻarmaning tashkiliy modeli Linux foundationʼnikiga oʻxshaydi va birinchi navbatda Bitcoin texnologiyasiga bogʻliq boʻlgan tijorat kompaniyalarining grantlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Tashkilotni qoʻllab-quvvatlash xizmatining bogʻlanish manzili sifatida Bank of America binosi. binosi — Vashington, DC 700 13th Street NW, Suite 600 Washington, DC 20005 koʻrsatilgan.
Jamgʻarmaning taʼsis hujjatlariga koʻra, Gavin Andresen, Charlz Shrem, Mark Karpelis, Piter Vessnes, Rojer Ver va Patrik Mörkdir uning asoschilaridir. Direktorlar kengashining amaldagi tarkibia kiruvchi aʼzolari uch toifaga boʻlinadi: taʼsischilar, ishlab chiqarish vakillari aʼzolari va yakka tartibdagi aʼzolar. Direktorlar kengashining hozirgi tarkibi barcha koʻrsatilgan toifalar vakillarini oʻz ichiga oladi.
Bitcoin bosh dasturchisi Gavin Andresen „Bosh ilmiy mutaxassis“ maqomiga ega (inglizcha: chief scientist) ega.
2013-yil iyun oyida Bitcoin fondi ommaviy axborot vositalari eʼtiboriga tushdi. Bunga Kaliforniya moliya institutlari departamenti (moliyaviy regulyator)ning fonddan „ushbu shtatda moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan tiyilib turish“ni soʻragani sabab boʻldi. Fond ushbu talablarga batafsil javobini eʼlon qildi.
2013-yil noyabr oyida Bitcoin fondi bosh yurist maslahatchisi Patrik Mörk Senatning raqamli valyutalar masalasini oʻrganish uchun tuzilgan qoʻmitasi oldida maʼruza qildi, qonunchilar Bitcoinni umuman olganda ijobiy baholadi.
Tanqid
Bitcoin Foundation Bitcoin hamjamiyatining oddiy aʼzolari tomonidan bir necha bor tanqidga uchragan. Ular fondni „haqiqiy Bitcoin foydalanuvchilari manfaatlarini emas, faqat yirik biznes manfaatlarini ifodalash“, shuningdek, „qonun chiqaruvchilarning maʼqullashiga erishish uchun huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan til biriktirishda faol ishtirok etishda“ ayblagan. Akademik hamjamiyat vakillari, oʻz navbatida, jamgʻarmani noprofessionallikda ayblab, „Bitcoin Foundation zaif va ishonchsiz boʻlib qolayotgan tizimning himoyachisi sifatidagi vazifasini bajarmayapti“, degan fikrlarni bildirgan edi.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org