BISKVIT
BISKVIT (Fransuzcha biscuit)-1) qandolatchilik mahsuloti; un, yog’, shakar, tuxum, sut va boshqa masalliqlardan kuvlash yo’li bilan tayyorlanadigan pishiriq turi. Maxsus shakllardagi qolip idishlarda pishiriladi. Tayyorlash usuli va qo’shiladigan masallig’iga ko’ra cho’zma Biskvit, shakarli Biskvit, ko’pchitilgan Biskvit hamda smetanali Biskvit kabi turlari bor. Biskvitdan pirojniy, rulet va tortlar tayyorlanadi; 2) sirlanmagan chinni; haykaltaroshlikda ishlatiladi.
Manba
O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi
TEZ YUK MARKAZ
Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish
Guruhga kirish
Uzpedia.uz