Bishr Tabaroniy




Bishr Tabaroniy – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Falastinning sharqiy qismida joylashgan Tabariyya shahrida tugʻilgan. Bishr Tabaroniy karomat sohibi boʻlgan. Vizantiya mamlakati bilan chegaradosh ona shahrida Islom dini rivoji va ravnaqi uchun koʻp xizmat qilgan. Dast­lab koʻp quli boʻlgan, keyinchalik faqr maqomi shukronasiga ularni ozod qilgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni qisqartirilgan holda kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz