Bishr bin Horis bin Abdurahmon




Bishr bin Horis bin Abdurahmon – “Nasoyim ul-muhabbat”da tilga olingan tasavvuf shayxi. Kunyasi – Abu Nasr. Marv yaqinidagi Kurdobod qishlogʻida tugʻilgan. Imom Ahmad Hanbal bilan zamondosh boʻlgan. Moʻtaziliylik avj olib, xalifa Maʼmun Abbosiy (203–218 h.q./813–833 m.) Qurʼonni maxluq, yaʼni paygʻambar tomonidan yozilgan kitob, deb din peshvolarini notoʻgʻri fatvo berishlariga majbur qilganida, uyidan chiqmay, oʻz noroziligini bildirgan. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat”ga “Nafahot ul-uns”dan ushbu shayx bilan bogʻliq bobni aynan kiritgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz