Bishr al-Hofiy
Bishr ibn al-Horis ibn Abdurrahmon ibn Ato ibn Hilol ibn Mohon ibn Abdulloh al-Marvaziy (Abu Nasr) — „Hofiy“ nomi bilan tanilgan. U zuhd va taqvo borasida o‘z davrining ahlidan o‘zib ketganlardan bo‘lgan. U o‘ta oqilligi, ko‘p fazilatlarga egaligi, husnutariqati, nafs balosiga berilishdan hazar qilishi, har narsaga qiziquvchanlik tabiati yo‘qligi, hadislarni ko‘p bilishi bilan boshqalardan yaqqol ajralib turgan. U ulamolardan, boshqalar esa undan hadis rivoyat qilganlar. Bishr al-Hofiy milodiy 842-yil (hijriy 227-yil)da vafot etgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org