Birlik (Shu tumani)
Birlik (qozoqcha: Бірлік) — Qozogʻiston Respublikasining Jambul viloyati, Shu tumanidagi qishloq. Birlik qishloq okrugining maʼmuriy markazi va u yerdagi yagona aholi punkti. Chu daryosi sohilida joylashgan. KATO kodi — 316632100.
1946-yilda Moʻyinti-Shu temir yoʻli qurilishi munosabati bilan aholi punkti sifatida tashkil topgan. Qishloqda temir yoʻl vokzali, novvoyxona, don, qand lavlagi va boshqa qishloq xoʻjaligi maxsulotlarini qabul qilish punkti mavjud.
Aholisi
1999-yilda qishloq aholisi 3146 nafar kishini (1522 erkak va 1624 ayol) tashkil qilgan. 2009-yilgi aholini roʻyxatga olish maʼlumotlariga koʻra qishloqda 5049 nafar kishi (2550 erkak va 2499 ayol) yashagan.
Manbalar
uz.wikipedia.org