Birlashgan koʻchasi (Toshkent)




Birlashgan koʻchasi  — umumiy uzunligi qariyb 1.6 km boʻlgan koʻcha, shaharning sharqiy qismida, Toshkent shahri Yashnobod tumani hududida joylashgan.

Kesishgan koʻchalar



Koʻcha Izzat koʻchasi bilan kesishgan qismidan boshlanib, Aviasozlar 2-tor, Aviasozlar, Birlashgan 2- va 6-tor koʻchalari Beshariq 3- va 4-tor koʻchalari, Sholoxov 1-tor koʻchasi, Birlashgan 4-tor koʻchasi, Birlashgan 4-tor koʻchasi, Griboyedov koʻchalari bilan kesishib Ohngaron yoʻli bilan kesishgan joyda tugaydi. Beshariq koʻchasiga (sobiq Sholoxov koʻchasi) parallel ravishda oʻtadi.

Binolar



Izzat koʻchasidan kirilganda 240-bogʻcha, 103-maktab internat, 30-son mehribonlik uyi, futbol maydoni, 226-maktab, 5-qavatli turar joy binolari, 329-bogʻcha, I. Ergashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasi (tugʻruqxona), Korzinka SM, dorixonalar, doʻkonlar, 373-bogʻcha, Yashnobod tumangaz, aholi xonadonlari joylashgan.

Tansport



Eng yaqin metro bekati Toshkent Yerusti halqa metrosining Tuzel (3-bekat) stansiyasi boʻlib, u koʻchaning Ohngaron yoʻli koʻchasi bilan kesishgan qismida joylashgan. Turkiston koʻchasida joylashgan Temir yoʻl vokzali va Toshkent metro bekati ushbu koʻchadan 8 km ga yaqin masofa oraligʻida, Islom Karimov ko‘chasidagi TMU (TSUM) va „Toshkent“ avtovokzallari esa qariyb 8 km masofada, Aeroport esa taxminan 9 km masofada joylashgan.

Galereya




Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz