Birlamchi va ikkilamchi sifatlar




Birlamchi va ikkilamchi sifatlar — 17—18-asrlar bilish nazariyasidagi tushunchalar. Narsalar sifatini farqlash uchun qoʻllanilgan. Bu tushuncha Aristotel, Demokrit, Dekart, Gassendi, Gobbs asarlarida uchrasada, dastlabki termin sifatida uni ingliz faylasufi J. Lokk qoʻllagan. J. Lokk fikricha, birlamchi yoki obyektiv sifatlar — uzunlik, kattalik, hajm, figura va boshqadir; ikkilamchi yoki subyektiv sifatlar — rang, ovoz, maza, hid va boshqadir.

Adabiyotlar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz