BIRJONIY



BIRJONIY — Nizomiddin Abdul Ali ibn Muhammad ibn Alhusayn (?—taxminan 1525) — falakiyotshunos va huquqshunos olim. Ulug’bek akademiyasi vakillaridan biri. Birjoniy matematikadan inoq sonlarga bag’ishlab “Do’stlarga do’st sonlarni tushuntirish uchun qo’llanma” nomli asar, Naysaburiy (14-asr boshi) ning “Hisob haqida quyosh risolasi”ga, Ulug’bekning “Ziji”ga, N. Tusiyning “Almajistiyning bayoni”, “Usturlobni bilish haqida yigirma bob” asarlariga, Qozi Zoda Rumiyning “Astronomiya”ning qisqacha bayoni” asariga sharh yozgan. Birjoniyning astronomiyaga oid “Astronomiya haqida risola”, “Kuzatishlarni qisqacha tushuntirish”, “Taqvim haqida yigirma bob” kabi asarlari mavjud.

Manba



O'zbekiston Milliy Ensiklopediyasi

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz