Birja kursi




Birja kursi — fond birjasida muomalada boʻlgan qimmatbaho qogʻoz (aksiya, obligatsiya)ning sotilish narxi. Birja kursi ga qimmatbaho qogʻozga toʻlanadigan dividend va ssuda foizi taʼsir koʻrsatadi. Dividend miqdori yuqori boʻlsa, Birja kursi qimmat, ssuda foizi yuqori boʻlsa, arzon boʻladi. Aksiyalarning nominal qiymati Birja kursi ga taʼsir koʻrsatmaydi, obligatsiyalarning Birja kursi esa nominal narxiga bevosita bogʻliq boʻladi, chunki qaytarib sotib olish muddati qanchalik yaqin boʻlsa, ularning Birja kursi shu qadar yuqoriroq yuradi (yana qarang Qimmatbaho qogʻozlar).

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz