Birinchi Shlezvig urushi




Birinchi Shlezvig urushi (nemischa: Schleswig-Holsteinischer Krieg) Daniya janubi va Germaniya shimolidagi Shlezvig-Golshteyn hududlarida yuz bergan mojaro boʻlib, nemis tilida soʻzlashuvchi Shlezvig, Golshteyn va Lauenburg gersogliklarini kim nazorat qilishi ustidan kelib chiqqan. Oxir oqibat, Daniya buyuk davlatlarning diplomatik yordami bilan gʻalaba qozongan.

Mojaro Daniyada Uch yillik urush (Treårskrigen) nomi bilan ataladi. Bu Daniya milliy tarixidagi muhim voqealardan biri hisoblanadi. Germaniyada urush Shlezvig-Golshteyn urushi (nemischa: Schleswig-Holsteinischer Krieg) va Shlezvig-Golshteyn qoʻzgʻoloni (nemischa: Schleswig-Holsteinische Erhebung) deb ham ataladi.

1848-yil mart oyida Shlezvig, Golshteyn va Lauenburgning nemis aholisi Daniya qiroli boʻlgan gersogiga qarshi isyon koʻtardi (Daniya Qiroli bir vaqtning oʻzida Shlezvig gersogi ham edi). Ular muvaqqat hukumat va armiya tuzdilar. Golshteyn va Lauenburg Germaniya Konfederatsiyasiga aʼzo davlatlar boʻlganligi sababli, Konfederatsiya oʻz nizomiga koʻra isyonchilarni qoʻllab-quvvatlagan. Buni Germaniya markaziy hukumati (1848-1851-yillarda Konfederatsiya oʻrnida mavjud boʻlgan federal davlat) ham davom ettirdi. Nemis qoʻshinlarining katta qismini Prussiya askarlari tashkil etgan.

Daniyani buyuk davlatlar, xususan, Angliya va Rossiya qoʻllab-quvvatladi. Urush 1848-yil avgustda Malmyo sulh shartnomasi bilan toʻxtatildi, ammo 1849-yil fevralda Daniya yana hujum boshladi.

1850-yil yozida Prussiya armiyasi orqaga qaytishga majbur boʻldi. 1851-yil 1-aprelda Shlezvig-Golshteyn armiyasi tarqatib yuborildi. 1852-yilgi London protokoli mojaroning yakuniy yechimi boʻldi. Buyuk davlatlar Daniya qirolini Shlezvig gersogi deb tasdiqladilar, lekin gersoglik Daniyadan mustaqil boʻlib qolishlari kerakligini ham eʼlon qildilar.

Mojaroning boshlanishi



1848-yil boshida Daniya tarkibiga Shlezvig gersogligi kiritildi va Daniya qiroli Germaniya Konfederatsiyasi tarkibidagi Golshteyn va Saks-Lauenburg gersogliklarini gersogi boʻldi. Daniyadagi etnik nemislarning aksariyati shu hududlarda yashagan. Nemislar mamlakat aholisining uchdan bir qismini tashkil qilgan va gersoglik Daniya iqtisodiyotining yarmini tashkil qilgan.  1815-yilda yakunlangan Napoleon urushlari Germaniya millatchiligini kuchaytirib yubordi. Pangerman mafkurasi shakllandi. Germaniya Konfederatsiyasi aholisi orasida butun Yutlandiya yarim orolida nemislar yashagan va shuning uchun nemislar uni haqli ravishda qaytarib olishlari kerak degan qarashlar shakllana boshladi. Xuddi shunday Daniyada ham Daniya millatchiligi shakllandi. Ular bu yerlar Daniyaning tarixiy yerlari ekanligini daʼvo qila boshladilar.

Daniya va nemis millatchilarining qarama-qarshiliklari Birinchi Shlezvig urushining boshlanishiga turtki boʻldi. Daniya millatchilari Golshteyn emas, Shlezvig Daniyaning bir qismi boʻlishi kerak, deb hisoblashgan, chunki Shlezvigda koʻp sonli daniyaliklar yashashar edi, Golshteynda esa bunday emasdi. Nemis millatchilari Shlezvig, Golshteyn va Lauenburg ajralmas, deb hisoblardi, bu esa ularni Shlezvig-Golshteyn deb atalishiga olib keldi. Shlezvigda koʻplab daniyaliklar, nemislar va shimoliy friziyaliklar istiqomat qilishardi. Urushning yana bir sababi gertsoglikda gersoglik vorisligi qoidalarining huquqiy jihatdan shubhali oʻzgarishi edi.

Daniya qiroli Kristian VIII 1848-yil yanvarda vafot etdi. Uning yagona qonuniy oʻgʻli, boʻlajak Fridrix VII merosxoʻr boʻla olmadi, shuning uchun gersoglik Oldenburg palatasining boshqaruviga oʻtishi kerak edi, bu esa Daniyaning boʻlinishiga olib kelishi mumkin edi. Shunga koʻra, Kristian VIII (1846-yil 8-iyul) gersoglikda vorislik toʻgʻrisidagi qonunga ayol nasli orqali vorislikka ruxsat berish toʻgʻrisida farmon chiqardi.

Shlezvig-Golshteyn masalasi boshqa Yevropa kuchlarini ham tashvishga solgan edi. Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Lord Palmerston Boltiq dengizga chiqish imkoniyatini saqlab qolish uchun Shimoliy dengizni Boltiq dengizi bilan bogʻlaydigan Daniya boʻgʻozlari nazorati Prussiya kabi Yevropaning yirik davlati tomonidan nazorat qilinmasligini xohlardi. Xuddi shunday, Rossiya imperatori Nikolay I ham Daniyani qoʻllab-quvvatladi, chunki u Daniya boʻgʻozlarini boshqaradigan kuchli davlatni xohlasmadi. Germaniyaning birlashishiga eng koʻp qarshilik koʻrsatgan Yevropa davlati boʻlgan Fransiya 1848-yilgi inqilob tufayli Shlezvig-Golshteyn masalasida qatʼiy pozitsiyani egallay olmadi.

1848-yilgi tartibsizliklar tufayli Fransiyaning oʻz ichki ishlari bilan ovora boʻlib qolganligi sababli, hududni egallab olish orqali kuchli Prussiyani yaratish uchun noyob imkoniyat yaydo boʻldi. Biroq, qirol va uning maslahatchilari Shlezvig-Golshteyn masalasi umumyevropa urushiga aylanib ketishidan qoʻrqishardi. Qirolning eng yaqin maslahatchisi Jozef fon Radovits oʻz kundaligida shunday deb yozgan edi: "Hozirgi harbiy-siyosiy inqiroz uzoq davom etmasligi lozim, u tezda yakun topishi kerak".  Agar urush tezda yakunlansa Radovitz urushni qoʻllab-quvvatlashga tayyor edi, bu Prussiyaga Yevropaning boshqa kuchlari bu urushga aralashmaslik imkonini berardi. Daniya boʻgʻozlarini Prussiyaga nazorat qilishiga Rossiyaning keskin qarshilik koʻrsatayotganini bilgan Radovits qirolga urushni ikki gersoglik bilan cheklashni va Prussiya qoʻshinlarining Yutlandiyaga kirishiga yoʻl qoʻymaslikni maslahat berdi, uning taxminiga koʻra, bu Rossiyaning aralashishi tufayli "tuzatib boʻlmas oqibatlarga" olib kelishi mumkin edi. Prussiya tashqi ishlar vaziri Geynrix Aleksandr fon Arnim urushni qoʻllab-quvvatlab, Prussiya ikki gersoglikni 8 kun ichida bosib olishi mumkinligiga ishonardi, bu vaqtda esa Britaniya va Rossiyaga biror munosabat bildirishga vaqt qolmasdi.

Rossiya ham, Buyuk Britaniya ham Daniyaning Daniya boʻgʻozlari ustidan nazoratni yoʻqotishiga qarshi edi, ammo Prussiyani qoʻllab-quvvatlashdan ham manfaatdor edi. Palmerston kuchli Prussiyani va hattoki Prussiya rahbarligida birlashgan Germaniyani Fransiyani zaiflashtirish vositasi sifatida koʻrardi.  Qirol Fridrix Vilgelmning singlisi imperator Nikolay I ga turmushga chiqqan edi, bu orqali Prussiya qiroli Rossiya Prussiyaning ikki gersoglikni oʻz nazoratiga olishini qabul qilishga koʻndirish mumkinligiga ishonardi.  Bundan tashqari, Nikolay I Prussiya militarizmining ashaddiy muxlisi ham edi va Prussiyani Rossiya, Prussiya va Avstriyadan iborat norasmiy "sharqiy blok"da kuchli ittifoqchi sifatida koʻrgan. Imperator Prussiyaga Polsha millatchiligiga qarshi kurashda Avstriya imperiyasidan koʻra ishonchli hamkor sifatida qarardi. Nikolay I uzoq vaqtdan buyon u Prussiya hukmronligi ostidagi Germaniyani mamnuniyat bilan qabul qilishini, bu esa u eng yomon koʻradigan va qoʻrqadigan Fransiyani zaiflashtirish vositasi ekanligini taʼkidlardi.  

Trigger



Shlezvig-Golshteyn shahzodasi Fridrix Noer 5-Lauenburger miltiq korpusi (Jägerkorps) va Kil universitetining baʼzi talabalarini iborat boʻlinma bilan Shlezvig-Golshteyndagi Rendsburg qal’asini egallash uchun harakat qila boshladi. Qal’ada gertsogliklarning asosiy qurol-aslaha ombori, 14, 15 va 16-piyoda batalyonlari, 2-artilleriya polki, shuningdek, baʼzi harbiy muhandislar joylashgan edi. Noerning qoʻshini kelganida, ular qal’a darvozalari nomaʼlum sababga koʻra qal’a devorlari ochiq edi va ular tezda qal’ani egallab olishdi. Qal’q himoyachilari oldida nutq soʻzlagan Fridrix Noer batalon va artilleriya polkining unga qasamyod qabul qilishiga erishdi. Qal’ani himoya qilishda xizmat qilgan daniyalik ofitserlarga kelgusi urushda Shlezvig-Golshteynga qarshi jang qilmaslik kafolati bilan Daniyaga ketishga ruxsat berildi.

Urushning borishi



1848



Nemis qoʻshinlari ularni qoʻllab-quvvatlash uchun kelguniga qadar Daniyani magʻlub etishni orzu qilgan general Kron boshchiligidagi 7000 Shlezvig-Golshteyn koʻngillilari Flensborgni egallab olishdi. 7000 dan ortiq Daniya askari shaharning sharqiy tomoniga kelib oʻrnashdi va Kron qamalda qolib ketishdan qoʻrqib, kuchlarini chekinishni buyurdi. Daniyaliklar ular chekinayotgan vaqtda Shlezvig-Golshteynliklarga yetib borishga muvaffaq boʻlishdi va 9-aprelda boʻlib oʻtgan Bovdagi jang Daniyaning gʻalabasi bilan tugadi.

Voqealar xronologiyasi quyidagicha sodir boʻlgan:

Nemislar Shlezvig-Golshteyn urushida boshqa Yevropa davlatlari aralashmasliklarini kutgandi. Biroq boshqa Yevropa davlatlari Daniyaning har qanday boʻlinishiga qarshi birlashdilar, hatto Avstriya ham yordam berishdan bosh tortdi. Shvetsiya daniyaliklarga yordam berish uchun Yutlandiya yaqinidagi Fyn oroliga 7000 askar tushirdi; Rossiya podshosi Nikolay I Prussiya qiroli Fridrix Vilgelm IVga toʻqnashuv xavfi haqida ogohlantirdi. Buyuk Britaniya daniyaliklar uning vositachiligini rad etgan boʻlsalar ham, status-kvoni saqlashga yordam berish uchun oʻz flotini yuborish bilan tahdid qildilar.

1848-yil aprel oyida Rossiyaning diplomatik aralashuvi urushning natijasini hal qildi. Rossiyaning Berlindagi elchisi Piter fon Mayendroff qirol Fridrix Vilgelmga nota topshirdi va unda Rossiya Prussiya qoʻshinlarining Yutlandiya tomon yurishini oʻta nodoʻstona harakat deb bilishini aytdi. Notada shunday deyilgan edi: "Yutlandiya uchun moʻljallangan bosqinchilik Boltiqboʻyi bilan chegaradosh barcha davlatlarning manfaatlariga jiddiy zarar yetkazadi va butun shimoldagi shartnomalarda oʻrnatilgan siyosiy muvozanatni buzish nuqtasiga qadar choʻziladi". Bularni mustahkamlash uchun Rossiya imperatori Fridrix Vilgelmga shunday deb yozgan: „Sizning qoʻshinlaringiz kuchsiz Daniyani oʻzining kuchli armiyasi bilan egallab oldi. Agar siz uni davom ettirsangiz, urush keng tarqalishi mumkin. Toʻxtang! Hali vaqt bor! Germaniya ichki xavfsizlikni taʼminlash uchun qanday qiyinchiliklarga duch kelishini, Gʻarbda tahdid solayotgan xavf-xatarlarni oʻylab koʻring. Rossiya kuchsiz davlatga oʻzining kuchli qoʻshinlari bilan yordamga kelish mumkinligiga podshohni majburlamang. Rossiya bunga befarqlik bilan qaray olmaydi va toqat qilolmaydi. Rossiya Daniyaning Germaniyaga qoʻshib olinishiga toqat qilmaydi; bunga ishonchingiz komil boʻlsin“. Nikolay I Rossiya armiyasini safarbar qilishni buyurdi, Rossiya Boltiqbo'yi flotini Daniya suvlariga yubordi.  Rossiya tahdidlari Fridrix Vilgelmni oʻylab koʻrishga majbur qildi.

Prussiyaning Shlezvig-Golshteyndagi inqilobiy kuchlar nomidan urushga kirganligi juda koʻp istehzolarni keltirib chiqardi. Yangi saylangan Germaniya Konfederatsiyasi dietasi Shlezvig-Golshteyn urushini qoʻllab-quvvatladi, qirol Fridrix Vilgelmga esa bu yoqmadi. Fridrix Vilgelm nemis armiyasiga qoʻmondonlik qilgan Fridrix fon Vrangelga oʻz qoʻshinlarini gersoglikdan olib chiqishni buyurdi; ammo general buni rad etib, u Prussiya qirolining emas, balki nemis markaziy hukumati buyrugʻiga amal qilishini taʼkidladi.

1848-yil 7-avgustda Muvaqqat markaziy hokimiyat daniyaliklarga uchta talabni qoʻydi:

Daniyaliklar bu taklifni butunlay rad etishdi va muzokaralar toʻxtatildi.

Prussiya endi bir tomondan undan yordam kutayotgan nemis millatchilariga, boshqa tomondan esa, agar u davom etsa, dahshatli oqibatlarga olib kelishi bilan tahdid qilayotgan Yevropa kuchlari bilan toʻqnash keldi. Jiddy ikkilanishdan soʻng, Fridrix Vilgelm ikkita qiyin tanlovdan kichikroq koʻrinadigan yoʻlni tanladi va 26-avgust kuni Prussiya Malmyoda Daniyaning deyarli barcha talablariga javob beradigan konvensiyani imzoladi. Keyinchalik konvensiya Frankfurtda ratifikatsiya qilindi. Konvensiya aslida vaqtinchalik rejim oʻrnatuvchi sulhdan boshqa narsa emas edi. Yechimsiz qolgan asosiy masalalar qizgʻin bahs-munozaralarda davom etdi.

Oktabr oyida Londonda boʻlib oʻtgan konferensiyada Daniya Shlezvigni Golshteyndan ajratish asosida kelishuvni taklif qildi, ularning tarixiy mansubligiga qaramay, Yangi Konstitutsiya Shlezvig Daniya hukmronligi ostida birlashtirdi.

1849-yil




1850-yil



1850-yil aprel oyida Malmyo shartnomasidan soʻng urushdan chiqqan Prussiya oʻzaro huquqlarga oid barcha masalalarni kechiktirish asosida aniq tinchlik sulhi oʻrnatishni taklif qildi. Fridrix Vilgelmning Frankfurt parlamentiga boʻysunishidan ochiqchasiga nafratlangan Nikolay I yana aralashdi. Uning uchun Augustenborg gersogi Kristian isyonchi edi. Rossiya 1773-yil "Tsarskoye Selo'' shartnomasi bilan Shlezvigni Daniya tarkibida ekanligini taʼkidladi. Golshteynni, agar Daniya qiroli u yerdagi qoʻzgʻolonchilar bilan kurasha olmasa, oʻzi xudu Vengriyadagi kabi aralashishini taʼkidladi. Yevropada jiddiy vaziyat kuzatilyotgandi. Avstriya va Prussiya urush yoqasida edi va Avstriya tomonida Rossiyaning bunday urushga kirishiga yoʻl qoʻymaslikning yagona umidi Shlezvig-Golshteyn masalasini oʻzi uchun kerakli tarzda hal qilish edi.

1851-yil




1852-yil




Urushning tugashi



London protokoli Daniya federatsiyasining yaxlitligini "Yevropa zarurati va doimiy tamoyili" sifatida tasdiqladi. Shunga koʻra, Shlezvig va Golshteyn va Lauenburg (Germaniya Konfederatsiyasi tarkibidagi suveren davlatlar) gersogliklari Daniya qiroli bilan ittifoqqa qoʻshildi. Shu maqsadda gersogliklarning vorislik huquqi oʻzgartirildi, chunki Daniya Fridrix VII befarzandligi ucgun sulolani oʻzgartirish kerak edi. (Dastlab gersogliklar va Daniya oʻrtasidagi vorislik toʻgʻrisidagi bir-biriga zid boʻlgan protokollarda shartnomaga zid ravishda Golshteyn va Lauenburg gersogligida Daniya qirolidan boshqa davlat boshliqlari boʻlishi nazarda tutilgan) Bundan tashqari, gersogliklar mustaqil sub’ektlar sifatida qolishi kerak edi.

Bu kelishuv muammoni hal qilmadi, chunki Germaniya Dieti shartnomani tan olishni qatʼiyan rad etdi va 1650-yilgi qonun hali ham amalda ekanligini taʼkidladi, unga koʻra gersogliklar Daniya davlatiga emas, balki faqat toʻgʻridan-toʻgʻri Germaniya Konfederatsiyasiga kirardi. Daniya qirolining sulolasi tugashi hokimyat bilan Glyuksburg sulolasiga emas, balki nemis gersogligi Avgustinburg oilasiga qaytishi kerak edi.  Ushbu ochiq qolgan masalalar kelgusida Ikkinchi Shlezvig urushini keltirib chiqardi.

Yana qarang




Manbalar




Adabiyotlar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz